» » Rossiyalik blogerlar “Jiguli”ga “ZIL-130” dvigateli o‘rnatish loyihasini yakuniga yetkazdi (video)

Rossiyalik blogerlar “Jiguli”ga “ZIL-130” dvigateli o‘rnatish loyihasini yakuniga yetkazdi (video)


2019-yilda YouTube’dagi “Garaj 54” kanali videoblogerlari eski “VAZ-2106”ga “ZIL-130” yuk mashinasining dvigatelini o‘rnatgan edi. “JigaZIL” nomini olgan loyiha joriy yilda yakuniga yetdi, deb yozadi CARakoom.

Yuk mashinasining motori shu qadar katta bo‘lganidan yengil mashina kapoti ostidan zo‘rg‘a joy olgan. Old tomonning bir qismini kesishga, haydovchi o‘rindig‘ini orqaroqqa surishga to‘g‘ri kelgan. Qo‘shimcha quvvat uchun dvigatel turbirlangan.

Avtomobil bemalol harakatlana olgan (tez bo‘lmasa ham), biroq uning tashqi ko‘rinishi u qadar chiroyli chiqmagan. Oradan bir yil o‘tgach, blogerlar o‘zining eski loyihasiga qaytib, mashina eksteryeri bilan shug‘ullanishga qaror qilgan.

Buning uchun qo‘lbola panjarali “obves” va burchakli kengaytirilgan g‘ildirak arkalari yasalgan. Biroq e’tibor tortadigan jihati “ZIL” dvigatelini yuqori qismidan yopib turgan ulkan kapot.

“Obves” tayyor bo‘lgach, avtomobil bo‘yash uchun yuborilib, uning kuzoviga sariq grafik element va yozuvli qora “Raptor” sepilgan. Natijada kutilganidan ham a’lo mashina paydo bo‘lgan.

Shundan so‘ng avtomobil evakuatorga ortilib, odamlar reaksiyasini ko‘rish uchun yaqin atrofdagi savdo markaziga olib borilgan.

Avvalroq ushbu kanal mualliflari “VAZ-2107”ni qadam tashlab yuradigan mashinaga aylantirgan edi.

Mavzuga doir: Video: Rossiyalik blogerlar “Oka” avtomobilini suzishga “o‘rgatdi”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 16:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 102) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют