» » Xiaomi kamerasi ekran ostida joylashgan displeylardan foydalanishga o‘tadi

Xiaomi kamerasi ekran ostida joylashgan displeylardan foydalanishga o‘tadi


Xiaomi kompaniyasi kamerasi ekran ostidan joy olgan smartfon ommaviy ishlab chiqarilishini ma’lum qildi, deb xabar beradi The Verge.

Xiaomi ishlab chiqarishni 2021-yilda ishga tushiradi. Texnologiya piksellardagi bo‘sh joy orqali “ko‘radigan” frontal kamera yordamida ishlaydi.

Shu bilan birga, kamera ortida piksellar zichligi butun displeydagi kabi bo‘ladi. Bu kabi ekran ostidagi kameralar texnik tavsifi standart frontal kameralarnikidan farq qilmaydi.

Avvalroq Xiaomi aylanuvchi kameraga ega smartfon ustida ish boshlagani, ZTE esa ko‘rinmas frontal kameraga ega birinchi smartfonni taqdim etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Ko‘rinmas kameraga ega smartfon tafsilotlari oshkor bo‘ldi

Eslatib o‘tamiz, bu kabi texnologiyani Oppo, Vivo va Samsung ham ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 16:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют