» » Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni million kishidan oshdi

Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni million kishidan oshdi


Rossiyada koronavirus infeksiyasiga chalinganlarning umumiy soni 1-sentabr holatiga ko‘ra 1 million 48 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda Meduza koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtabga tayanib. So‘nggi sutkada 4729 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan.

Mamlakatda epidemiya boshlanganidan buyon umumiy hisobda 17 299 kishi (shu jumladan 123 nafari so‘nggi sutkada) vafot etgan.

Sog‘ayganlar soni esa 815 705 kishini tashkil qilmoqda. So‘nggi sutkada bemorlarning yana 6318 kishi tuzalib chiqqan.

Rossiyada koronavirusni aniqlash bo‘yicha so‘nggi sutkada 204 mingta, epidemiya boshlanganidan buyon esa 36,9 millionta test o‘tkazilgan.

Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus qayd etilganlar soni 25,5 million kishidan oshdi. Shundan 850 nafardan ortig‘i COVID-19 qurboniga aylangan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada 24-avgust kuni COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha aprel oyidan buyon eng past kunlik ko‘rsatkich qayd etilgandi. Mamlakatda xavf guruhiga kiruvchi kishilarni koronavirusga qarshi ommaviy emlash 2020-yilning noyabr—dekabr oylarida boshlanishi ma’lum qilingan. 2020-yilda bolalarni koronavirusga qarshi emlash o‘tkazilmaydi.

Mavzuga doir: Rossiyada havodagi koronavirusni aniqlovchi qurilma yaratildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 17:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют