» » Tojikiston—Qirg‘iziston chegarasida yuz bergan zilzila O‘zbekistonda sezildi

Tojikiston—Qirg‘iziston chegarasida yuz bergan zilzila O‘zbekistonda sezildi


Tojikiston—Qirg‘iziston chegarasida 1-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:34 da 4,1 balli zilzila kuzatildi. Bu haqda O‘zbekiston FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, zilzila epimarkazi 40,07 daraja shimoliy kenglik, 70,56 daraja sharqiy uzunlikda qayd etilgan. Yer silkinishi magnitudasi 4,1 ballni tashkil qilgan bo‘lib, 10 kilometr chuqurlikda kuzatilgan.

Zilzila epimarkazidan Toshkentgacha bo‘lgan masofa janubi-sharqiy yo'nalish bo'yicha 175 kilometrni tashkil qiladi.

Zilzila O'zbekistonning beshta hududida sezilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 5-avgust kuni ikki marta zilzila kuzatilgandi. 13-avgust kuni Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston hududida, 16-avgust kuni Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi vodiy viloyatlarida sezilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 19:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 21) ( 0) ( 19) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют