WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » O‘zbekistonda Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan mushakbozlik tashkil etilmaydi
O‘zbekistonda Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan mushakbozlik tashkil etilmaydi
Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida bu yil bayram mushakbozligi bo‘lmaydi. Bu haqda “Kun.uz” xabar qilgan.
O‘zbekiston Mustaqilligi kuni munosabati bilan har yili kechki soatlarda bayram mushakbozligi bo‘lib o‘tar edi. 2020-yilda koronavirus pandemiyasi sababli ushbu tadbir tashkillashtirilmaydi.
Avval Respublika maxsus komissiyasining aholiga yo‘llagan murojaatida pandemiya bilan bog‘liq vaziyat tufayli bu yil joylarda katta yig‘in va ommaviy sayillar o‘tkazishni, shuningdek, bog‘ va ko‘ngilochar maydonchalarda konsert dasturlari tashkil etishni, Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida mushakbozliklarni cheklash lozimligi ta’kidlangandi.
Maxsus komissiya bayonotida aholiga bayramni oila davrasida nishonlash tavsiya qilingandi.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Что нужно улучшить на нашем сайте?
КТО НА САЙТЕ?
(
5)
(
0)
(
4)
(
1)





- отсутствуют
