» » Namanganda patrul-post xizmati avtokarvoni aholini Mustaqillik bayrami bilan qutladi (foto+video)

Namanganda patrul-post xizmati avtokarvoni aholini Mustaqillik bayrami bilan qutladi (foto+video)


Namanganda patrul-post xizmati xodimlari viloyat markazidagi mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan bolalarni Mustaqillik bayrami bilan tabriklab, kitob va o‘quv qurollari taqdim etdi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bolalar bilan samimiy muloqot uyushtirilib, jangovar tayyorgarlik bilan bog‘liq sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Mehribonlik uyida boshlangan bayram shukuhi Namangan ko‘chalarida ham davom etdi. Piyoda patrullar yo‘lda uchragan namanganliklarni ogohlantirish yoki niqoblarni taqmaganligi uchun emas, balki bayram tilaklari bitilgan tabriknomalarni taqdim etish uchun to‘xtatdi.

Namanganliklarni ayyom bilan tabriklashda avtopatrullar xam chetda qolgani yo‘q. Kechki xizmatga safarbar etilgan xodimlar vazifasini bajarishga kirishishdan avval Namangan shahrining markaziy ko‘chalarida avtokarvon uyushtirib, ovoz kuchaytirgichlar yordamida aholini bayram bilan tabrikladi.

Mavzuga doir: Buxoroda avtomobilni bayroq tusiga bo‘yab olgan haydovchiga chora ko‘rildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 22:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют