» » Shota Arveladze Namangandagi stadionga muxlislar kiritilgani haqida: “Komissar o‘yin protokoliga amal qilishi kerak”

Shota Arveladze Namangandagi stadionga muxlislar kiritilgani haqida: “Komissar o‘yin protokoliga amal qilishi kerak”


“Paxtakor” bosh murabbiyi Shota Arveladze Coca-Cola Superliga 14-turi doirasida “Navbahor”ga qarshi kechgan o‘yindan (1:1) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘yin boshida 2-3 marta yaqqol vaziyatlardan foydalana olmadik. Raqib esa birgina zarbasidan gol urdi. Futbolda shunday bo‘lib turadi. Biz sekinroq o‘ynadik. Shu sababli ba’zan imkoniyatlar yuzaga keltirishda muammolar paydo bo‘ldi. Ikki ochko yo‘qotdik deb o‘ylayman. Chunki o‘ta qulay holatlarda to‘p kiritmadik.

O‘yinga muxlislar kiritilgani? Pandemiya davrida xavfsizlik eng muhim jihat. Agar hamma joy ochiq deb e’lon qilinsa, ma’lum darajada kiritish mumkin. Lekin buni tibbiyot xodimlari yaxshiroq biladi. O‘yin boshlanishidan avval komissar protokolga rioya qilinganini tekshirishi lozim. Darvoza o‘rnida ekani, hakamlar kelgan bo‘lishi kerak. Muxlislarni kiritish bo‘yicha ham o‘yinni o‘tkazish protokoliga amal qilinishi kerak.

Shota Arveladze, “Paxtakor” bosh murabbiyi

“Navbahor” va “Paxtakor” o‘rtasidagi uchrashuv vaqtida pandemiya tufayli joriy qilingan cheklovlarga qaramay Namangandagi stadionda 300—400 nafarga yaqin tomoshabin kiritilgan. Bu borada klub va Professional futbol Ligasi (PFL) hozircha izoh bergani yo‘q. Mazkur o‘yinga nazoratchi sifatida Aleksandr Davidenko tayinlangandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 22:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют