Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani prokurori vafot etdi
Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumani prokurori Oybek Xo‘jaev vafot etdi. Bu haqda “Daryo”ga Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligi tuman prokurori Xo‘jaev Oybek Otanazarovichning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari va qarindoshlariga chuqur ta’ziya izhor etadi, deyilgan hokimlik xabarida.
Hokimlik prokurorning o‘limi sababi haqida ma’lumot bermagan. “Daryo” muxbiri so‘roviga javoban esa bu haqda ma’lumotga ega emasligini ta’kidlagan. Samarqand viloyat prokuraturasiga berilgan savollar ham hozircha ochiq qolmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, prokurorning janozasi 2-sentyabr kuni u tug‘ilib o‘sgan Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chiroqchi tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i koronavirusdan vafot etgani xabar qilingandi.
Mavzuga doir:
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
