» » O‘zbekiston Oliy sudining 4 nafar sudyasi yangi muddatga tayinlash uchun o‘tkazilgan sinovdan o‘ta olmadi

O‘zbekiston Oliy sudining 4 nafar sudyasi yangi muddatga tayinlash uchun o‘tkazilgan sinovdan o‘ta olmadi


O‘zbekiston Sudyalar oliy kengashi tomonidan birinchi vakolat muddati tugagan sudyalarni keyingi muddatga saralash bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovdan besh yildan beri sudyalik qilayotgan to‘rt nafar sudya o‘ta olmadi. Bu haqda “Xabar.uz” xabar berdi.

Qayd etilishicha, “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, vakolat muddati tugagan sudyaning yana shu lavozimga munosib yoki nomunosib ekanligi uch oyda ichida ko‘rib chiqilib, xulosa qilinishi kerak. Bu vaqt mobaynida unga olgan maoshi barobarida tovon to‘lab boriladi.

Ma’lum qilinishicha, ayni paytda O‘zbekistonda 165 ta sudyalik o‘rni bo‘sh turibdi. Ammo bo‘sh o‘rinlarni munosib kadrlar bilan to‘ldirish oson bo‘lmayapti. Nashrning yozishicha, 38 ta bo‘sh sudyalik o‘rniga da’vogar 66 nafar nomzodning faqat 23 nafari tanlovdan o‘ta olgan.

Shuningdek, vakolat muddati tugagan 9 nafar sudyani yangi muddatga tayinlash masalasida Sudyalar oliy kengashi va Sudyalar oliy malaka hay’atining qo‘shma majlisi o‘tkazildi. Ta’kidlanishicha, vakolati yakuniga yetgan sudyalar tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tsa, yana 10 yil sudyalik qiladi.

Xabar berilishicha, 9 nafar nomzodning bir nafari tanlov arafasida unga tayyor emasligini, ijozat bo‘lsa, keyingi tanlovda qatnashishini ma’lum qilgan.

Qolgan 8 nafar sudyaning 4 nafari keyingi muddatga o‘tgan. Tanlovdan o‘ta olmagan sudyalarning 2 nafari zaxiraga olingan. Yana 2 nafari sudyalik lavozimiga noloyiq deb topilgan.

Ta’kidlanishicha, noloyiq deb topilgan sudyalarning biri besh yil davomida Oliy sudda sudya sifatida ishlagan. Bundan avval tuman va viloyatda sudyalik qilgan. Sudyalarning ikkinchisi esa tumanlararo iqtisodiy sudga raislik qilgan.

Mavzuga doir: Xolmo‘min Yodgorov Sudyalar oliy kengashiga rais etib tayinlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 08:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют