» » Frenki de Yong: Hozir “Barselona”da hammasi alg‘ov-dalg‘ov, ko‘p ishlar bo‘lmoqda

Frenki de Yong: Hozir “Barselona”da hammasi alg‘ov-dalg‘ov, ko‘p ishlar bo‘lmoqda


“Barselona” yarim himoyachisi Frenki de Yong klubdagi hozirgi holat va Lionel Messining kelajagi borasida fikr bildirdi.

“Barselona”da hozir hammasi alg‘ov-dalg‘ov, juda ko‘p ishlar bo‘lmoqda.

Messi? U hamon jamoaning WhatsApp’dagi guruhida bor. Umid qilamanki, Leo jamoada qoladi, biroq vaziyat menga bog‘liq emas.

Bu mavzuda u yoki klub bilan gaplashmadim. Men bu ishlarni qilishi kerak bo‘lgan kishi emasman. Shunday ekan, rostini aytsam, bu vaziyat haqida hech narsa bilmayman. Albatta, bu mavzuni Leo bilan muhokama qilishga atrofida odam yetarli.

Biroq Messi ketadigan bo‘lsa, bu jamoa va klub uchun katta zarba bo‘ladi. Terma jamoa yig‘inidan qaytganimdan keyin nimalar bo‘layotganini ko‘rishim mumkin.

Frenki de Yong, “Barselona” futbolchisi

Avvalroq Messi “Barselona”ni tark etish qaroriga kelgani va bu borada klubni ogohlantirgani ma’lum bo‘lgandi.  Futbolchi jamoaning mavsumoldi yig‘inlariga kelmagan hamda La Liga startida qatnashmasligini rahbariyatga aytgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 09:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют