» » Zinedin Zidan: “Nafaqa chiqqanimdan keyin Ronaldu, Beyl, Ramos va Kroos bilan birga ishlaganim haqida aytib yuraman”

Zinedin Zidan: “Nafaqa chiqqanimdan keyin Ronaldu, Beyl, Ramos va Kroos bilan birga ishlaganim haqida aytib yuraman”


“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa yarim himoyachisi Toni Kroos haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

U shu qadar yaxshiki, “oltinchi raqam” pozitsiyasida, toza yarim himoyachi rolida va hatto “o‘ninchi raqam” sifatida harakat qila oladi. Uni maydonga tushirasan va u o‘z o‘yinini topib oladi.

Xotirjamlik — uning eng muhim salohiyati. U hayajonlanmaydi va zarba yo‘llash uchun darvoza tomon yurishni yaxshi ko‘radi, biroq unga uzatma berish ham yoqadi.

Har ikki oyoqda osonlikcha harakat qilishi meni hayron qoldiradi. Uni tug‘ma chapaqay deb o‘ylash mumkin.

Toni ko‘p gapirmaydi. U juda sokin va vazmin, biroq kerakli vaqtda o‘z fikrlari bildira oladi. Kroosning ishtiroki hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan ko‘plab munozaralar guvohiga aylanganman.

U jamoaning to‘rt sardori safiga kirmaydi, biroq ko‘plar jabhalarda u sardor hisoblanadi. Maydonda tug‘ma obro‘yini ko‘rsatadi. Uni aqlbovar qilmas futbolchi va o‘z chizig‘ining eng yaxshilaridan biri sifatida eslab qolishadi.

“Real”ga endi kelgan vaqtim Tonining murabbiyiga aylanganimdan juda xursand bo‘lganman. Bu haqiqat. Nafaqaga chiqqan vaqtim Krishtianu, Beyl, Modrich va Ramos kabi futbolchilarni shug‘ullantirganim haqida hammaga aytib yurishim mumkin.

Ammo Toni Kroos bilan ishlaganimni ham aytaman. Uni mashg‘ulotlarda ko‘rganimda o‘zgacha taassurot olaman. U naqadar professional! U haqida gapirish — bu allaqanday mashhur inson haqida fikr yuritishga teng.

Zinedin Zidan, “Real” bosh murabbiyi

Germaniyalik futbolchi 2014-yilning yozida “Bavariya”dan madridliklar safiga o‘tgan. La Liga 2019/20-yilgi mavsumida Kroos 35 o‘yin o‘tkazib, 4 gol va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 10:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют