» » Foto: Farg‘onada imtihonga kelgan abituriyentlarga do‘ppi tarqatildi

Foto: Farg‘onada imtihonga kelgan abituriyentlarga do‘ppi tarqatildi


O‘zbekistonda 2-sentabrdan 2020/2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlandi. Farg‘onada imtihonga kelgan abituriyentlarga do‘ppi tarqatildi, deb xabar beradi O‘zA.

Avvalroq 2020-yilgi OTMga kirish imtihonlari ochiq maydonlarda tashkil etilayotgani sababli abituriyentlar xohishiga ko‘ra test sinovlariga bosh kiyim (kepka) bilan kelishlari mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, test sinovlari Farg‘ona viloyatida 6 ta stadionda o‘tkazilishi belgilangan.

12-avgust kuni Davlat test markazi direktori Majid Karimov oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun o‘tkaziladigan imtihonlar vaqtida abituriyentlarga tibbiy vositalar, ruchka va ichimlik suvi bepul berilishi, shuningdek vaziyat e’tiborga olinib, ularga bosh kiyim berish rejalashtirilayotganini ma’lum qilgandi. U mazkur buyumlarning hammasi davlat tomonidan bepul berilishini aytgan va bosh kiyim ham tekinga berilishini qo‘shimcha qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 13:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют