» » O‘zbekistonlik foydalanuvchilar o‘z pasportlariga o‘zgalar telefoni UZIMEI ro‘yxatidan o‘tkazilganiga shikoyat qilmoqda

O‘zbekistonlik foydalanuvchilar o‘z pasportlariga o‘zgalar telefoni UZIMEI ro‘yxatidan o‘tkazilganiga shikoyat qilmoqda


Ijtimoiy tarmoqlarda UZIMEI’ga oid shikoyatlar ko‘paymoqda. O‘zbekistonlik fuqarolarning aytishicha, ular chet eldan olib kelgan telefonini ro‘yxatdan o‘tkaza olmayapti, chunki allaqachon ularning pasportiga boshqa telefon ro‘yxatga olingan.

Bloger Isroil Tillaboyevning yozishicha, fevralda rasmiy do‘kondan kreditga olgan telefoni ishlamay qolgan. Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun esa faqat xorijga chiqib kelgan odam kerak bo‘lishi aytilgan. Bloger, naq 11 kishini topib kelgan, lekin ularning hammasini nomiga allaqachon telefon ro‘yxatdan o‘tkazib bo‘lingan, o‘zlari esa bundan bexabar.

Eslatib o‘tamiz, xorijdan telefon olib kirgan kompaniya yoki jismoniy shaxs mustaqil ravishda har bir apparat uchun 44 mingdan 55 ming so‘magacha pul to‘lab, UZIMEI tizimi operatori orqali ro‘yxatdan o‘tishi kerak.

Tizim asoschilarining so‘zlariga ko‘ra, bu smartfonlar yoki planshetlarning O‘zbekistonga kontrabanda yo‘li orqali kirib kelishini cheklaydi, chunki bu kabi qurilmalar mamlakatda ishlamaydi. Shuningdek, bu o‘g‘irlangan yoki yo‘qolgan telefonni bloklash imkonini beradi.

Tizimni joriy etish 2019-yilning 1-aprelidan boshlangan. Birinchi bosqichda O‘zbekistondagi barcha uyali aloqa telefonlari avtomatik ravishda bepul ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Bir necha oy ichida butun mamlakat bo‘ylab 30 millionga yaqin mobil qurilma ro‘yxatdan o‘tkazilgan. 1-dekabrdan boshlab esa pulli ro‘yxatdan o‘tkazishga oid ikkinchi bosqich boshlangan.

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda xorijdan telefon olib kelib, o‘z apparatlarini mustaqil ravishda ro‘yxatdan o‘tkaza olmayotgan foydalanuvchilarning shikoyati ko‘paygan. Ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtida ularning pasportiga boshqa bir telefon ro‘yxatdan o‘tkazilgani ma’lum qilinmoqda.

Bu borada UZIMEI ofisiga murojaat qilganlarga IIB murojaat qilish tavsiya etilmoqda, IIBda esa ularni qayta UZIMEI’ga jo‘natmoqda.

UZIMEI kompaniyasi esa ushbu holat yuzasidan Facebook’dagi sahifasi orqali “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonundan parcha keltirgan — “Qonunining 33-moddasiga muvofiq shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jazo Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 46(2)-moddasi va Jinoyat kodeksining 141(2)-moddasi bilan belgilanib qo‘yilgan”.

“Demak, yoki aeroport — vokzal, yoki chegara xizmati, yoki bojxonadagi mas’ullar fuqarolarning pasport ma’lumotlarini begonalarga pullashmoqda. Bu yerda juda katta jinoyatning hidi kelyapti, o‘rtoqlar! Tegishli organlardan zudlikda munosabat talab qilamiz!”, — deb yozadi bloger Xushnud Xudoyberdiyev.

Telegram’dagi Davletovuz taxallusi ostidagi bloger Qobil Xidirov ham bu borada o‘z fikrini bildirib o‘tgan: “Operator, ya’ni UZIMEI esa bu haqda hech qanaqa axborot, ogohlantirish taqdim etmagan. Odamlarning ham pulini olib, ham sarson qilish yaxshi emas”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 16:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют