» » O‘zbekistonda 2-sentabrdan ijodiy imtihonlar boshlandi

O‘zbekistonda 2-sentabrdan ijodiy imtihonlar boshlandi


Bugun, 2-sentabr kuni alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari boshlandi, deya xabar bermoqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.

Qayd etilishicha, Andijon davlat universitetida mavjud 10 ta alohida iqtidor talab etadigan yo‘nalishga 8 mingdan ortiq abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan. Bugun 6 ta ta’lim yo‘nalishiga imtihonlar boshlandi. Imtihonlar ikki smenada tashkil etilishi belgilangan.

Vazirlikning xabar berishicha, abituriyentlarning xavfsizligi va sog‘ligini asrash uchun barcha choralar ko‘rilgan. Universitet hududiga kirish dezinfeksiya tunellari o‘rnatilgan. Har bir abituriyent tunelldan o‘tgach, issig‘i o‘lchanib, antiseptik vositalar bilan qo‘llari tozalab, o‘tkazilmoqda. Imtihon o‘tkaziladigan xona va hududlarda mas’ullar masofani saqlashni nazorat qilmoqda. Hozirga qadar virus alomatlari bor abituriyentlar kuzatilmagan.

Imtihonlarni shaffof va adolatli o‘tkazish maqsadida imtihon oluvchi mutaxassislar mamlakatning boshqa OTMlaridan jalb etilgan. Musiqa ta’limi, cholg‘u ijrochiligi, an’anaviy xonandalik yo‘nalishlarida O‘zbekiston Konservatoriyasi, TSMG va rang-tasvir Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti mutaxassislari, Jismoniy madaniyat, futbol va boks yo‘nalishlarida esa taniqli murabbiylar, jahon va Osiyo chempionlari imtihon olmoqda.

Universitetdagi imtihonlar jarayonlarini real vaqt rejimida onlayn kuzatish imkonini beruvchi maxsus platformasi ishga tushirilishi bo‘lgan. Imtihon o‘tkaziladigan 6 ta hududda 20 ta veb-kamera o‘rnatilib, abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlari bemalol uydan turib imtihonlarni kuzatib borishlari uchun sharoit yaratilgan.

Tibbiyot xodimlari har bir abituriyentni, ayniqsa sport yo‘nalishlari bo‘yicha imtihon topshirayotganlarni sog‘ligini alohida nazorat qilmoqda. Ular uchun gigiyena talablariga rioya qilgan holda suv va salqin ichimliklar tashkil qilingan. Xavfsizlikni ta’minlash uchun Milliy gvardiya va Ichki ishlar xodimlari jalb etilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 16:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют