» » O‘zbekistonda 1 milliondan ortiq kontingent grippga qarshi bepul emlanadi

O‘zbekistonda 1 milliondan ortiq kontingent grippga qarshi bepul emlanadi


Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi immunoprofilaktika bo‘limi mudiri Vazira Mutalova AOKAda o‘tkazilgan brifingda O‘zbekistonda gripp va o‘tkir respirator kasalliklariga qarshi kurash haqida gapirib, grippga qarshi vaksinalar bilan kimlar bepul emlanishini ma’lum qildi.

Respublikamizda aholi o‘rtasida tahdid guruhiga mansub kontingent – aholi bilan bevosita muloqotda ishlaydigan tibbiyot xodimlari, maktab o‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari orasida bugungi kunda gripp va uning asoratlari, pnevmoniya kasalliklarining oldini olish borasida O‘zbekiston Prezidentining “Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 4815-sonli qarori asosida 2020-yilning 1-oktabridan boshlab grippga qarshi bepul emlash ishlarini olib borish belgilangan.

Ushbu tadbirni amalga oshirish uchun bugungi kunda Davlat sanitariya xizmati tomonidan o‘qituvchilar, tibbiyot xodimlari va maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari sonini aniqlash, ularning ro‘yxatini tuzish kabi ishlar amalga oshirilmoqda.

Respublika bo‘yicha 516 ming 174 nafar o‘qituvchi, maktabgacha ta’lim muassasalarining 223 ming 426 nafar xodimi hamda 534 mingdan ortiq tibbiyot xodimi – ya’ni, 1 million 273 ming nafardan ortiq kontingentni grippga qarshi emlash rejalashtirilmoqda.

Bugungi kunda respublika bo‘yicha 4 ming nafar vaksinator mavjud bo‘lsa, ularning dublyorlari bilan 8 ming nafardan ortiq emlash hamshiralari ushbu tadbirlarni olib borish uchun seminar mashg‘ulotlari olib borildi.

Sentabr oyida davlatimiz tomonidan 1 million ortiq grippga qarshi vaksina olib kelinishi rejalashtirilmoqda. Emlash xavfsizligiga to‘liq erishish uchun maktablar, maktabgacha ta’lim muassasalaridagi tibbiyot xonalari hamda maktab, maktabgacha ta’lim muassasalariga yaqin joylashgan oilaviy poliklinikalarning emlash xonalarida ushbu tadbirlarni amalga oshirish tashkillashtirilmoqda.

Vazira Mutalova, Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi immunoprofilaktika bo‘limi mudiri 

Avvalroq O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi, epidemiolog Rustam Ikromov aholini gripp va pnevmoniyaga qarshi emlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi hukumatga taqdim etilgani, agar reja tasdiqlansa, sentabr oyidan emlash ishlari boshlanishini bildirgan edi.

Bundan tashqari, Yunusobod tumanidagi 50-oilaviy poliklinika bosh shifokori Shoira Abdusattorova “tuman hokimi rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda tuman aholisining kamida 70 foizini grippga qarshi ommaviy emlashga kelishib olingani”ni ma’lum qilgan edi. Uning aytishicha, 2018 va 2019-yillarda Yunusobodda aholining faqat bir foizi grippga qarshi emlangan.

Mavzuga doir: Habibullo Oqilov: Grippga qarshi mavsumiy emlanishning koronavirusga hech qanday aloqasi yo‘q



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 18:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют