Pechda pishiriladigan guruch va tovuq qanotchalari
Pechda pishiriladigan tovuq qanotchali palov juda mazali taomlar sirasidan. Kechki ovqat uchun ajoyib tanlov.
Kerakli mahsulotlar:
Tayyorlanish jarayoni:
Kerakli mahsulotlar tayyorlanadi.
Har bir qanot ikki bo‘lakka bo‘linib, idishga solinadi.
Qanotlarga 2 osh qoshiq yog‘, tuz va ziravorlar solinadi.
Yaxshilab aralashtirilgandan so‘ng usti qopqoq bilan yopilib, 30 daqiqaga qo‘yiladi.
Tozalangan sabzilar qirg‘ichdan o‘tkaziladi.
Piyoz “kubik” shaklida bo‘lishi kerak.
Ikki osh qoshiq qizigan yog‘da piyoz 3-4 daqiqa qovurib olinadi.
Piyozdan keyin sabzilar qo‘shib qovuriladi.
3-4 daqiqa davomida qovuriladi.
Yuvilgan guruch, tuz, ziravorlar solinadi.
Yaxshilab aralashtirilib, so‘ng olov o‘chiriladi.
Maxsus idish yog‘lanadi, ichiga guruchli aralashma solinadi. Pech 200 darajada qizdiriladi.
Guruchli aralashma ustidan qanotchalar terib chiqiladi.
Ustidan sarimsoq, ziravorlar va lavr yaprog‘i solinib, suv quyiladi.
Falga qog‘ozi yopilib, 50 daqiqaga pechga qo‘yiladi.
Pechdan chiqargandan so‘ng falga olinadi.
Undan so‘ng 20-30 daqiqaga qayta qo‘yiladi.
Yaxshilab aralashtirilib, dasturxonga tortiladi.
Yoqimli ishtaha!
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
