» » Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistondagi yo‘llarni yaxshilashga 270 mln dollardan ortiq pul ajratdi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistondagi yo‘llarni yaxshilashga 270 mln dollardan ortiq pul ajratdi


Osiyo taraqqiyot banki (OTB) 1-sentabr kuni O‘zbekistonning g‘arbiy qismidagi avtomagistral yo‘llarning 240 kilometrini rekonstruksiya qilish uchun 274,2 million dollar qarz ajratishni ma’qulladi. Bu haqda OTB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu mablag‘lar, shuningdek, mintaqaviy savdo va transport aloqalarini kengaytirish uchun mamlakat milliy avtomobil yo‘llari tarmog‘ining muhim uchastkalarida xavfsizlikni oshirishga sarflanadi.

“O‘zbekiston dengizga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lmagan mamlakat sifatida mintaqaviy o‘zaro bog‘lanishni o‘z transport siyosatining markaziy unsuriga aylantirgan. Bu loyiha mamlakatning Yevropa bilan Janubiy-sharqiy Osiyo o‘rtasida mintaqaviy transport va logistik xab o‘laroq potensialini rivojlantirishga yordam beradi”, — deb qayd etgan OTBning transport bo‘yicha katta mutaxassisi Pavan Karkig.

Loyiha doirasida G‘uzor—Buxoro—Nukus—Beyneu magistralining Qoraqalpog‘istondagi 240 kilometrli uchastkasi ikki polosali sement-beton yo‘lga aylantiriladi. Qayd etilishicha, mazkur yo‘l O‘zbekistondagi mashina eng ko‘p yuradigan yo‘llardan biri hamda Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik (MOMIH) ikki dasturi koridorining bir qismi hisoblanadi.

Unda Qoraqalpog‘istonning quruq iqlimi uchun mos bo‘lgan iqlim o‘zgarishlariga chidamlilikni ta’minlovchi elementlar ham bo‘ladi. Bundan tashqari, ayollar uchun alohida sanitariya-gigiyena tuguni bo‘lgan beshta dam olish bekatlari va bozor pavilyonlari qurilib, ularning 50 foizi tadbirkor ayollarga ajratiladi.

Yo‘l harakati samaradorligi va xavfsizligini oshirish uchun maqsadia Toshkent—Namangan yo‘lining 100 kilometrli uchastkasida intellektual transport tizimini o‘rnatish rejalashtirilgan. Tizim harakat va yo‘l shart-sharoitini real vaqt rejimida kuzatib, tablo va veb-saytlarga ma’lumot va ogohlantiruvlarni yetkazib turadi.

Avvalroq Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish uchun 100 million dollar kredit ajratishi, energetika sohasini rivojlantirishga esa 200 million dollar kredit ajratishi mumkinligi xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 19:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют