» » “Manchester Yunayted” Donni van de Bek transferini e’lon qildi

“Manchester Yunayted” Donni van de Bek transferini e’lon qildi


Yarim himoyachi Donni van de Bek “Ayaks”dan “Manchester Yunayted” safiga o‘tdi. Bu haqda mankunianlar matbuot xizmati ma’lum qildi.

23 yoshli futbolchi ingliz klubi bilan besh yillik shartnoma imzolagan. Shuningdek, bitimni yana bir yilga uzaytirish mumkinligi haqidagi band bor.

Avvalroq niderlandiyalik futbolchi “Manchester Yunayted”da yiliga olti million yevro maosh olishi xabar qilingandi. Transfer qiymati esa 40 million yevroga baholangan.

Van de Bek “Ayaks” tarbiyalanuvchisi hisoblanib, amsterdamliklar safida 2015-yildan buyon harakat qilib keladi. Futbolchi 2019/20-yilgi mavsumda Niderlandiya chempionatida 23 o‘yinda ishtirok etib, 8 ta gol urdi va oltita golli uzatma amalga oshirdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 21:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют