» » So‘xlik bloger Dadaxon Haydarov ozod etildi

So‘xlik bloger Dadaxon Haydarov ozod etildi


So‘x tumanida yuz bergan ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etganlikda gumon qilinib 22-avgustdan buyon ushlab turilgan bloger Haydarjon Bobohaydarov (Dadaxon Haydarov) 2-sentabr kuni ozodlikka chiqarilgan. Bu haqida uning advokati Hamidaxon Abdunazarovaga tayanib, “Kun.uz” xabar berdi.

Advokatning ma’lum qilishicha, himoyasi ostidagi shaxsni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida jalb etish va ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish uchun yetarli asoslar bo‘lmagan. Shu sababli, u tergov organining qarori bilan qo‘yib yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning 31-may kuni Farg‘ona viloyati So‘x tumanida bo‘lib o‘tgan ommaviy tartibsizliklar ortidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida bir necha kishi hibsga olingan. Keyinroq ular orasida bosh vazir bilan uchrashuvda viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyevning iste’fosini so‘ragan bloger Haydarjon Bobohaydarov ham borligi ma’lum bo‘ldi.

Blogerning otasi o‘g‘li 22-avgust kuni vertolyotda “boshiga qop kiydirib” olib ketilganini ma’lum qildi. 30-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda blogerning onasi Aziza Eraliyeva videomurojaat qilib, Prezidentdan farzandini afv etishni so‘radi.

Shundan so‘ng, Bosh prokuratura Haydarjon Bobohaydarovning hibsga olingani haqida xabar berdi. Unda Bobohaydarov jinoyat ishi bo‘yicha gumon qilinuvchi tariqasida ishga jalb qilinib, Jinoyat protsessual kodeksining 226-moddasi (ushlab turilganlarni saqlash joylari) tartibida ushlangani ma’lum qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 23:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют