» » Litva belarusliklarni qo‘llab-quvvatlash rejasini qabul qildi

Litva belarusliklarni qo‘llab-quvvatlash rejasini qabul qildi


Litva hukumati Belarus xalqini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maxsus rejani tasdiqladi. Bu haqda Litva Tashqi ishlar vaziri Linas Linkyavichus ma’lum qildi, deb yozmoqda “Interfaks”.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, rejaning maqsadi “ta’qiblardan jabrlanganlarga yordam berish, belarusliklarga Litva oliy ta’lim muassasalarida o‘qishga, Litva vizasini osonlashtirilgan tartibda olishga va Litva mehnat bozoriga integratsiya bo‘lishga yordam ko‘rsatish hisoblanadi”.

Avgust oyida vazir Litva belarusliklarga insonparvarlik asoslarida boshpana berishga tayyorligini ma’lum qilgan.

“Litva davom etayotgan shafqatsiz munosabatdan jabrlanayotgan belarusliklarni insonparvarlik asoslarida qabul qilishga tayyor va bu imkoniyatlarni ko‘rib chiqmoqda”, — deya yozgan vazir o‘zining Twitter’dagi sahifasida.

Litva Ichki ishlar vaziri Rita Tamashunenening ma’lum qilishicha, mamlakat hukumati Belarusning 64 nafar fuqarosiga insonparvarlik istisnosidan foydalanishga va mamlakatga kelishga ruxsat bergan.

Litva prezidenti maslahatchisi Bojena Zaborovska-Edanovichning ma’lum qilishicha, Litvaga kelishga ruxsat olgan belarusliklarning faqat 21 nafari bu imkoniyatdan foydalangan, qolganlari esa Litvaga kelishga tayyorlanmoqda.

Bundan tashqari, Belarusdagi prezidentlik saylovidan keyin yana 11 kishi siyosiy boshpana so‘ragan.

Avvalroq Latviya, Litva va Estoniya Aleksandr Lukashenko va yana 29 nafar belaruslik mansabdorga nisbatan sanksiya joriy qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Belarusda 9-avgust kuni bo‘lib o‘tgan saylovda muxolifat nomzodi sifatida qatnashgan Svetlana Tixanovskaya 11-avgust kuni Belarusdan Litvaga chiqib ketgan. Litva hukumati Svetlana Tixanovskayaga boshpana va qo‘riqchilar taqdim etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 06:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 51) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют