» » Namanganda bozor yaqinidagi avtomashinadan buyum va pullarni o‘g‘irlagan qizlar qo‘lga olindi

Namanganda bozor yaqinidagi avtomashinadan buyum va pullarni o‘g‘irlagan qizlar qo‘lga olindi


2020-yil 26-avgust kuni Namangan shahrida yashovchi ayol ichki ishlar idoralariga o‘g‘irlik holati yuzasidan ariza bilan murojaat qildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Murojaatda keltirilishicha, shu kuni soat 06:45 atrofida Namangan shahridagi “Chorsu dehqon bozori”ga kirish joyida turmush o‘rtog‘ining “VAZ-2106” rusumli mashinasi yukxonasida bo‘lgan 2 million so‘mlik buyumlar hamda sumka ichidagi 1,5 million so‘m pul noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan.

Viloyat IIB PPX va JTSB PPXB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida 27-avgust kuni ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi 2001 va 2003-yillarda tug‘ilgan ikki nafar qiz sodir etganligi aniqlangan hamda ulardan daliliy ashyolar olingan.

Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 07:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют