» » Maduro AQSh hukumati uning kallasi uchun 15 mln dollar mukofot va’da qilganini aytdi

Maduro AQSh hukumati uning kallasi uchun 15 mln dollar mukofot va’da qilganini aytdi


Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQSh prezidenti Donald Tramp uning o‘ldirilishini ma’qullaganini aytdi. Telemundo 49’ning xabar berishicha, bu haqda Maduroning o‘zi Twitter’da to‘g‘ridan to‘g‘ri namoyish etilgan chiqishida ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh hukumati uning kallasi uchun 15 million dollar mukofot va’da qilgan. Shuningdek, Maduroning qayd etilishicha, AQSh uni o‘ldirishga yollash uchun snayperlarni qidirmoqda, Venesuelaning o‘zida ham buning uchun yollanma askarlarni topishga harakat qilmoqda.

Prezident uni yo‘q qilish haqidagi qarorni shaxsan Tramp chiqarganini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, AQSh 2020-yilning mart oyida Maduroni giyohvand moddalar savdosida ayblagan va uning aybini isbotlovchi dalillar uchun 15 million dollar mukofot puli va’da qilingandi. Venesuela muxolifati esa Amerikaning Silvercorp xususiy harbiy kompaniyasi bilan mamlakatga bostirib kirish va prezident Nikolas Maduroni hokimiyatdan ag‘darish bo‘yicha 213 million dollarlik kelishuv imzolagan. AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo esa yollanma jangarilarning Venesuelaga bostirib kirishga urinishiga AQShning aloqadorligini rad etgan.

Mavzuga doir: Tramp Maduro bilan faqat uning hukumatdan ketishi haqida gaplashish uchun uchrashishi mumkinligini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 08:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют