» » Turkiyada koronavirus o‘zining ikkinchi cho‘qqisiga chiqqani ma’lum qilindi

Turkiyada koronavirus o‘zining ikkinchi cho‘qqisiga chiqqani ma’lum qilindi


COVID-19 koronavirus pandemiyasi Turkiyada tarqalish darajasi bo‘yicha o‘zining ikkinchi cho‘qqisiga chiqdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Faxriddin Ko‘ja ma’lum qilgan, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

“Pandemiya davom etmoqda va kasallanish holatlari kundan kunga ko‘paymoqda. Turkiyada birinchi to‘lqin o‘zining ikkinchi cho‘qqisiga ko‘tarildi. Anqara, Izmir, Istanbul, Bursa va yana bir nechta shaharlarda vaziyat ancha og‘ir”, — degan Ko‘ja jurnalistlar bilan suhbatda.

U mamlakatning sharqiy viloyatlari – Gaziantep, Shanliurfa, Mardin va Arzirumda ham kasallanish holatlari ko‘pligi haqida gapirgan.

Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri keltirgan ma’lumotga ko‘ra 2-sentabr kuni mamlakatda 1596 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan va bu 15-iyundan beri kuzatilgan eng yomon natija. Kasallanganlarning umumiy soni 273 301 nafarga yetgan. Bir sutka ichida 45 kishi infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan, pandemiya boshlanganidan beri kuzatilgan o‘limlar soni 6462 tani tashkil qilmoqda. Bir kun avval Ko‘ja Turkiyada bir kunda 1572 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangani, 47 nafar bemor vafot etgani va bu 15-maydan beri eng katta raqam ekanini ma’lum qilgandi.

“Ayni vaqtda eng ko‘p kasallanish holatlari qayd etilgan hudud Anqara bo‘lib turibdi. Bu yerda kasallanganlar soni Istanbuldagidan ikki baravar ko‘p. Shu sababli Anqaradagi vaziyatni yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, ayniqsa, ijtimoiy masofalanish qoidalariga e’tibor qaratish lozim. Kasallanish xavfi yuqori bo‘lgan va infeksiya og‘ir o‘tadigan yoshdagi kishilarning ayrim muassasalarga kirishi cheklab qo‘yilgan. Lekin hozircha komendantlik soatini e’lon qilish kabi chorani qo‘llash kun tartibiga qo‘yilmagan”, — degan Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri.

Uning qo‘shimcha qilishicha, hali pandemiya nazoratdan chiqib ketmagan, biroq ayrim viloyatlarda vaziyat ancha og‘irlashgan.

Avval Turkiya statistika instituti mamlakatda 2020-yilning ikkinchi choragida yalpi ichki mahsulot 9,9 foizga pasaygani va bu 1998-yildan beri qayd etilgan rekord darajadagi pasayish hisoblanishini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 08:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют