» » Avstraliyada og‘riqni sezishga qodir elektron teri yaratildi

Avstraliyada og‘riqni sezishga qodir elektron teri yaratildi


Melburn qirollik texnologiyalar universiteti olimlari sun’iy elektron terini yaratdi. U xuddi inson terisi kabi og‘riqni sezadi, deb xabar beradi Tech Xplore.

Qurilma kasalliklar hissiga nerv signallari inson miyasiga yetib boradigan tezlikda javob qaytara oladi.

Tadqiqotning yetakchi muallifi Madxu Bxaskarananing so‘zlariga ko‘ra, hozirga qadar barchaga ma’lum bo‘lgan og‘riqlarni haqiqiydek qabul qiladigan birorta texnologiya yaratilmagan.

Shu bilan birga, mutaxassislar elektron teri yordamida tugmaga tegingandagi va ukol qilingandagi hislarni farqlay olishga ham muvaffaq bo‘lgan.

Yangi texnologiya bionik protezlar yoki intellektual robototexnika yaratishda qo‘llash mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilda ispaniyalik olimlar 3D printer yordamida ishlab chiqilgan terini taqdim etgan edi.

Mavzuga doir: Rossiyalik maktab o‘quvchilari nanozarrachalar yordamida sun’iy teri yaratishni taklif qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 10:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют