» » Toshkentda o‘zganing mashinasidan 17 mln so‘m pulni o‘g‘irlab ketgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkentda o‘zganing mashinasidan 17 mln so‘m pulni o‘g‘irlab ketgan shaxs qo‘lga olindi


Olmazor tumani ichki ishlar organlariga 2020-yil 20-avgust kuni 29 yoshli qashqadaryolik Zamirbek N. sodir etilgan o‘g‘rilik yuzasidan murojaat qildi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB.

Murojaatchining ma’lum qilishicha, 20-avgust kuni taxminan soat 21:50 da noma’lum shaxs avtomobilining ochiq va qarovsiz qolganidan foydalanib, salonda bo‘lgan 17 million so‘m pulni o‘g‘irlab ketgan.

Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar davomida o‘g‘rilikda gumonlanuvchi shaxs 33 yoshli Abdufozil A. qo‘lga olingan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 10:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют