» » Angliya yuqori sudi o‘zbek paxtasini Yevropa Ittifoqiga eksport qilishga qarshi da’voni rad etdi

Angliya yuqori sudi o‘zbek paxtasini Yevropa Ittifoqiga eksport qilishga qarshi da’voni rad etdi


Angliya yuqori sudi o‘zbek paxtasini Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqiga eksport qilishga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan xalqaro savdo bilan bog‘liq masalani sud tartibida qayta ko‘rib chiqish haqidagi 2019-yildagi da’voni rad etdi. Bu haqda “O‘zpaxtasanoat” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, sudya Jeyms Xolmenning 2020-yil 23-iyuldagi qarori texnik sabablarga asoslanadi va O‘zbekistonda majburiy mehnat mavjudligi borasida biror bir ajrimni nazarda tutmaydi. Buning o‘rniga sud Germaniyada joylashgan nohukumat tashkilot tomonidan Buyuk Britaniya hukumatiga qarshi kiritilgan da’voni muayyan huquqiy asoslarga ko‘ra, jumladan, da’vogarda yetarlicha asoslar mavjud emasligi, da’voning akademik va eskirgan xarakterga egaligi bois rad etgan.

Da’vogarga 10 000 funt sterling miqdorida sud xarajatlarini to‘lash majburiyati yuklandi va da’vogar mazkur qaror ustidan shikoyat qilmagan.

Paxta mahsulotlarini ishlab chiqarishga mas’ul bo‘lgan “O‘zpaxtasanoat” AJ sud ishiga manfaatdor tomon sifatida qo‘shilgan va da’voning mazmuni bo‘yicha yozma materiallar taqdim etgan.

“Angliya sudi da’voni rad etganidan mamnunmiz. Ushbu qaror texnik sabablarga asoslangan bo‘lsa-da, O‘zbekiston jamiyat hayotining barcha jabhalarida ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirmoqda va ilg‘or tajribalarni barcha sohalarga tatbiq qilishga harakat qilmoqda. Iqtisodiyotimiz izchil o‘sish ko‘rsatkichlarini qayd etmoqda va xorijiy investitsiyalar oqimining ortishi kuzatilmoqda, ushbu qaror esa xalqimizning hayot darajasini qo‘llab-quvvatlash va O‘zbekistonda to‘qimachilik mahsulotlarini mas’uliyat bilan ishlab chiqarishga hissa qo‘shayotgan millionlab fermer va mehnatkashlarning daromadini saqlab qolishga yordam beradi.

O‘zbekiston hukumati nafaqat majburiy mehnatni batamom tugatishga bel bog‘lagan, balki ushbu illat qonun bilan ta’qiqlanib, unga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilangan. Shu kabi qonunbuzarlik uchun qat’iy javobgarlik, jumladan, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazo belgilangan. Mamlakatimizda ushbu salbiy amaliyotning barcha ko‘rinishlarini bartaraf qilish uchun targ‘ibot ishlari olib borilmoqda va shu kabi huquqbuzarliklarni aniqlash uchun ishonch telefonlari tashkil etilgan. Hozirda o‘zbek tomoni xalqaro kuzatuvchilar bilan mas’uliyatli yetkazib berish haqida shartnoma loyihasi ustida ishlamoqda, ushbu bitimlar kelajakda o‘zbek paxtasi har qanday ko‘rinishdagi majburiy mehnat unsurlaridan holi tarzda ishlab chiqarilishining kafolatlarini mustahkamlaydi”, — deydi “O‘zpaxtasanoat” vakili.

Mavzuga doir: Mehnat vaziri COVID-19 oqibatlarini yumshatish uchun Cotton Campaign’dan o‘zbek paxtasiga boykotni to‘xtatishni so‘radi

Ma’lumot uchun, uzoq yillar davomida paxta terimi mavsumida bolalar va majburiy mehnatdan foydalanilgani bois O‘zbekiston paxtasi xalqaro jamoatchilik tomonidan “qora ro‘yxat”ga kiritilgan, yetakchi ishlab chiqaruvchilar O‘zbekiston paxtasini boykot qilgan edi. Xalqaro mehnat tashkilotining Vashingtondagi ofisi direktori Kevin Kassidi esa o‘zbek paxtasi boykotini asossiz deb e’lon qilgandi.

2019-yilning 4-fevralida o‘sha vaqtdagi bosh vazir o‘rinbosari Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiyaning Vashingtonga ishchi tashrifida Cotton Campaign to‘qimachilik mahsulotlariga qarshi boykotni bekor qilish bo‘yicha rejasini taqdim etgan edi.

Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi vakillari 27-yanvar—6-fevral kunlari O‘zbekistonda ishchi tashrif bilan bo‘lgan edi. Ular bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ishtirok etgan investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatini boykot qilishdan foyda yo‘q, deb aytgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 11:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют