» » Garet Beyl: Men futbol o‘ynamoqchiman, “Real” esa vaziyatni murakkablashtirmoqda

Garet Beyl: Men futbol o‘ynamoqchiman, “Real” esa vaziyatni murakkablashtirmoqda


“Real” hujumkor yarim himoyachisi Garet Beyl kelajakdagi rejalari haqida gapirdi va Madrid klubi o‘tgan yili uning jamoadan ketishiga to‘sqinlik qilganini yodga oldi.

Agar qandaydir variantlar paydo bo‘lsa, ularni albatta, ko‘rib chiqaman. Ko‘ramiz, nima bo‘larkan, hali transfer oynasi yopilishiga vaqt bor. Hammasini vaqt ko‘rsatadi, ammo fikrimcha, hammasi “Real”ning qo‘lida.

O‘tgan yili ketishga harakat qilgandim, lekin ular so‘nggi soniyada hammasini to‘xtatib qo‘ydi. Bu menga yoqqan loyiha edi, lekin u amalga oshmadi. Avval ham ketishga harakat qilgan paytlarim bo‘lgan, ammo klub bunga yo‘l bermagan. Shuning uchun hammasi klubga bog‘liq. Mening shartnomam bor, yagona qilishim mumkin bo‘lgan ish, futbol o‘ynashda davom etish. Umid qilamanki, nimadir sodir bo‘ladi.

Hozir 31 yoshdaman, lekin hanuzgacha ajoyib formada ekanligimni va jamoaga bera olishimni his qilyapman. Ko‘ramiz, nima bo‘larkan. Hammasi klubning qo‘lida, lekin rostini aytsam, ular vaziyatni juda murakkablashtirmoqda.

Garet Beyl, “Real” futbolchisi

Qayd etish joiz, Beyl so‘nggi paytlarda kam o‘yin amaliyotiga bo‘lmoqda. Vinger La Liga 2019/20-yilgi mavsumida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 tadan gol va golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2022-yilning iyul oyida o‘z nihoyasiga yetadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 13:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 4) ( 0) ( 4) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют