» » Farg‘onada bir yoshli farzandini 1,5 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan 24 yoshli ayol qo‘lga olindi

Farg‘onada bir yoshli farzandini 1,5 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan 24 yoshli ayol qo‘lga olindi


Farg‘onada o‘zining bir yoshli farzandini 1,5 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan 24 yoshli G.S. ismli ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayol kelishilgan pulning 500 dollarni olayotganida IIO va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan ushlangan. Kimyoviy ishlov berilgan pullar G.S.dan ashyoviy dalillar sifatida olingan.

Farg‘ona IIO FMB Tergov bo‘limi mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-modda 3-qismi “a” bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga doir: Toshkentda 3 oylik chaqaloqni 5 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Avvalroq Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida bir oylik chaqaloqni 18 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayollar qo‘lga olingandi. Navoiyda esa 23 kunlik chaqalog‘ini 3 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayolga jinoiy ish ochilgan. 14-iyul kuni Surxondaryoda farzandini qonuniy yo‘l bilan boshqa ayolga berishdan bosh tortib, uni sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 14:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют