» » O‘zbekistonda tug‘ilgan Botir Ahmedov 6-sentabr kuni prof boksdagi 8-jangini o‘tkazadi. Botir WBA reytingida Shahram va Shohjahonni ortda qoldirmoqda

O‘zbekistonda tug‘ilgan Botir Ahmedov 6-sentabr kuni prof boksdagi 8-jangini o‘tkazadi. Botir WBA reytingida Shahram va Shohjahonni ortda qoldirmoqda


Professional boksning super yengil vazn (63,5 kg) toifasida ringga chiqayotgan Botir Ahmedov (7-1, 6 KO) o‘zining navbatdagi jangini 6-sentabr, yakshanba kuni o‘tkazadi.

Botuxon Go‘zgech nomi bilan mashhur bokschi professional ringdagi 8-jangida filippinlik Rey Peresga (24-11, 8 KO) qarshi jang qiladi. Mazkur jang g‘olibi WBA Regular kamari uchun asosiy da’vogarga aylanadi. To‘qnashuv 10 raunddan iborat bo‘ladi.

Qayd etish joiz, Ahmedov faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatini 2019-yil 28-sentabrda Mario Barriosga (25-0, 16 KO) qarshi jangda qabul qilib olgandi.

Ta’kidlash o‘rinli, Ahmedov 1990-yil 20-dekabrda O‘zbekistonda tug‘ilgan. U 2010-yillarda Ukraina va Turkiya boks terma jamoalari sharafini himoya qilgan. 2017-yildan e’tiboran esa professional boksda faoliyat olib bormoqda. Bokschi uchta davlat — Rossiya, Ukraina, Turkiya fuqaroligiga ega.

Ahmedov 2016-yil Rioda o‘tgan Olimpiada o‘yinlarida -64 kg vazn toifasida Turkiya nomidan qatnashgan va chorak final bahsida germaniyalik Artyom Arutyunyanga mag‘lub bo‘lgan. Eslatib o‘tamiz, ushbu vazn toifasida oltin medal finalda ozarbayjonlik Lorenso Sotomayorni mag‘lub etgan, o‘zbekistonlik Fazliddin G‘oibnazarovga nasib etgandi.

Ma’lumot uchun, Botir Ahmedov harakat qilayotgan professional boksning super yengil vazn toifasida o‘zbekistonlik yana ikki bokschi bor. Bular — Shahram G‘iyosov va Shohjahon Ergashev. WBA reytingida ushbu bokschilar ketma-ketlikda joylashgan: Botir Ahmedov — 5-o‘rinda, Shahram G‘iyosov — 6-o‘rinda, Shohjahon Ergashev esa 7-pog‘onadan o‘rin olgan.

Ushbu bokschilar ijrosidagi barcha janglarni bu yerda tomosha qilish mumkin ? HAVOLA.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 15:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют