» » Lola ajrashish jarayonini qanday otkazgani, erining plyus va minuslari, otasining eng yaxshi maslahati haqida sozlab berdi

Lola ajrashish jarayonini qanday otkazgani, erining plyus va minuslari, otasining eng yaxshi maslahati haqida sozlab berdi


Xonanda Lola Instagram sahifasidagi Stories orqali muxlislarini qiziqtirgan savollarga savob berdi. Quyida xonanda va muxlislari muloqoti davomida berilgan savollar va javoblar taqdim etiladi.

Turmush ortogingizning sizga yoqadigan va yoqmaydigan xususiyati?

U har doim sozida turadi. Aytdimi, albatta bajaradi. Uning burji qisqichbaqa. Agar bir qobigiga oralib olsa, atrofdagilarga qiyin boladi. Endi esa ushbu qobiq tasir qilmaydigan yagona insoncha tugildi (Lola qizi Aishani nazarda tutmoqda)

Hamma narsaga qanday ulgurasiz?

Men ulgurmayman. Bunga hatto harakat ham qilmayman. Hammasiga ulgurish imkonsiz. Asosiysi bu hayotda baxtli bolishga ulgurish. Quvonchga tola, chiroyli hayotda yashashga ulgurish. Farzandlaring qanday katta bolayotganini kuzatishni otkazib yubormaslik, ozingni shaxs sifatida rivojlantirish, sevimli insoningizning yonida bolib, kerakli sozlarni aytish, qollab-quvvatlashga ulgurish Dunyoni korish va uni oz farzandlaringizga korsatishga ulgurish, ozingizni tanishga ulgurish, qolgan bari bekor!

Tugruqdan keyin qanday ozdingiz?

Bu borada maslahat bera olmayman, buning hech qanday sirini ham bilmayman. Homiladorlik davrida 26 kiloga semirdim. Hozircha yana 8 kilogramm tashlash qoldi. Men juda kam ovqat yeyman va Aisha bilan kop sayr qilaman.

Kecha tosatdan otam otib qoldi. Otangizning olimiga qanday konikdingiz?

Men konikmadim, biroq konikish yolidaman. Umid qilamanki, bu hayotdagi yagona togri yol.

Otangiz bergan eng yaxshi, hech esingizdan chiqmaydigan maslahat?

Oylanishga majbur qildingiz, kozimga yosh keldi. U har doim menga kerakli maslahatlar berardi. Qanchalik galati eshitilmasin, u juda oilaparvar inson edi. Oilani har doim birinchi oringa qoyardi. Har doim singlim ikkalamizga hayotdagi eng muhim narsa oila ekanligi hamda uni asrash kerakligini aytardi. Ayollar bazan hissiyotlarga berilib ketib, kop xato qilib qoyadi, derdi. Har doim his-tuygularimni nazorat qilishga orgatardi. Shoshilma, ozingga kel, keyin qaror qabul qil, derdi. Yana inson doim kechirimli bolishi kerak, derdi. Men uni hammasi uchun kechirdim, umid qilamanki, u ham meni kechirishga ulgurgan

Farzandlarni qanday tarbiyalash kerak? Tajribangiz bilan ortoqlashsangiz. Siz ularni qachondir urganmisiz?

Rostini aytaymi? Bolalarni qanday tarbiyalash kerakligini bilmayman. Onamning aytishicha, farzandlarimdan juda kop narsa talab qilarmishman. U menga bolalarga erkinlik berishni, oz holiga qoyishni maslahat berdi. Ishonaman, ular yaxshi inson bolib yetishadi. Bunga umuman shubham yoq. Bugun mening maqsadim ularga shaxs sifatida shakllanishiga hamda kuchli tomonlarini topishiga komaklashish. Toki ular oziga ishonsin. Kichkinaligimda oziga ishonchi past, tortinchoq qizcha bolganman, ozimga bolgan ishonchsizlikni boshqarib bolmaydigan energiyam ortiga yashirganman. Tengdoshlarim bilan yigilsak, ozimni noqulay his etardim. Bu oz sevimli mashgulotimni topib, energiyamni kerakli sohaga yonaltirgunimga qadar davom etgan.

Qizlar tarbiyasida nimalarga etibor berish kerak?

Fikrimcha, qizlar tarbiyasida muhim narsalardan biri bu ularni oziga hurmat ruhida tarbiyalash. Onajonlar, kelajakda erkaklarga xizmat qilishi kerak bolgan qullarni tarbiyalashni toxtating! Qizlarga bilim bering, shunda ular quti tashqarisidagi dunyoni korgach, ozlari stereotiplarga tola quti ichida qolishni istamaydi.

Ajrashish jarayonini qanday otkazgansiz? Men ham ikki farzandim bilan ajrashdim.

Men bir kun ham ikki farzandim bilan qolib ketdim, deb oylamaganman. Men ozod boldim! Ajrashish bu tanlov. Va siz buni tanlaysiz. Farzandlaringiz sizning boyligingiz, ortiqcha yuk emas! Birga yashagan yillaringiz esa tengsiz tajriba, vaqt va yoshlikni qoldan boy berish emas. Hayotingiz uchun masuliyatni his eting va faqat olga!

Lola juda rashkchiman. Bazan shunday ahmoqligim uchun ozimni koyiyman. Nima qilish kerak?

Hammada boladi. Boshqa insonni asosiy etibor markaziga qoymaslikka harakat qiling. Asosiy etiborni ozingizga qarating. Kitob oqish, qiziqarli filmlar tomosha qilish, odamlar bilan muloqot qilish, korgazma, muzeylarga borish, ozingizga yoqadigan ish bilan shugullanishni boshlang. Sogligingiz va tashqi korinishingizga etibor bering. Shundan song, balki sizni rashk qila boshlashlari mumkin.

Siz haydagan birinchi mashina? Uni kim olib bergan edi?

Peugeot Cabriolet. 18 yoshga tolganimda otam sovga qilgan edi.

Onangiz hozir qayerda?

Onam mart oyida meni korish uchun bir haftaga Moskvaga kelgan edi. Keyin pandemiya boshlanib, bu yerda olti oy qolib ketdi. Shunday qilib, kecha Toshkentga qaytdi.

Sizdek kuchli ayol bolish uchun nima qilish kerak?

Chilparchin bolish hamda ozni bolaklab, qaytadan terish kerak.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (3-09-2020, 15:25)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
:
-
:
20 ... -