» » Skoda’ning birinchi elektrokrossoveri — Enyaq suratlari e’lon qilindi

Skoda’ning birinchi elektrokrossoveri — Enyaq suratlari e’lon qilindi


Skoda kompaniyasi o‘zining birinchi elektrokrossoveri — Enyaq’ni taqdim etdi. Model haqidagi ma’lumotlar Chexiya kompaniyasining rasmiy saytida paydo bo‘lgan.

Krossoverning asosini MEB platformasi tashkil etadi, seriyali avtomobil esa xuddi shu nomdagi konseptga qaraganda sezilarli o‘zgargan.

Enyaq krossoverlar uchun an’anaviy bo‘lgan kuzovda chiqadi, kupesimon varianti esa bozorda keyinroq paydo bo‘ladi. Avtomobil yorug‘lik diodli optika, matritsali faralarga ega bo‘ladi, soxta radiator panjarasi uchun mo‘ljallangan “podveska” qo‘shimcha opsiyalar ro‘yxatidan o‘rin olgan.

Krossover g‘ildiraklar bazasi 2765 millimetrni, yukxonasi sig‘imi esa — 585 litrni tashkil etadi.

Salonda multimedia tizimining 13 dyuymli sensor ekrani joylashadi. Shuningdek, yangi model proyeksion displey, avtomatik tarzda avtoturargohga joylashish funksiyasi va Travel Assist yordamchisiga ega bo‘ladi.

Skoda Enyaq’ning bazaviy versiyasiga 55 kilovatt/soatli batareya va 148 kuchli elektromotor o‘rnatiladi. Bir marta quvvatlanish orqali mashina 340 kilometr yo‘lni bosib o‘tishga qodir. Model soatiga 100 kilometr tezlikka 11,7 soniyada erishadi.

Enyaq RS iV top modeliga esa 306 ot kuchili, bir marta quvvatlanish orqali 460 kilometr yo‘l yura oladigan motor o‘rnatiladi va u 100 km/soat tezlikka 6,2 soniyada erishadi.

Chexiyada bazaviy Skoda Enyaq’ni xarid qilish uchun 40,4 ming yevro to‘lashga to‘g‘ri keladi. Elektrokrossover uchun oldindan buyurtmalarni qabul qilish boshlangan, yetkazib berish ishlari esa 2021-yilda amalga oshiriladi.

Mavzuga doir: Volkswagen O‘zbekistonda Skoda avtomobillarini ham ishlab chiqaradi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 15:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют