» » Vadim Abramov boshchiligidagi O‘zbekiston Usmon Toshev qo‘l ostidagi Tojikistonga qarshi. Barchasi O‘zbekiston—Tojikiston o‘yini haqida

Vadim Abramov boshchiligidagi O‘zbekiston Usmon Toshev qo‘l ostidagi Tojikistonga qarshi. Barchasi O‘zbekiston—Tojikiston o‘yini haqida


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 3-sentabr, payshanba kuni Toshkentda Tojikiston termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etadi.

Uchrashuvda “Lokomotiv” stadioni mezbonlik qiladi. O‘yin 19:00 da boshlanishi belgilangan. Bahsni o‘zbekistonlik Ahrol Risqullayev boshqarib boradi. Unga qanotlarda Alisher Usmonov, Sanjar Shoyusupov yordam beradi. Zaxira hakami esa Jasur Muxtorov.

O‘zbekiston qo‘shni Tojikiston terma jamoasi bilan hozirga qadar jami sakkiz marta to‘qnash kelgan. Ushbu bahslarning to‘rttasida o‘zbekistonlik futbolchilar g‘alaba qozongan bo‘lsa, uchta o‘yin durang bilan yakuniga yetgan. Faqat bitta bahsda tojikistonlik futbolchilar g‘alabani o‘ziniki qilgan.

1. Tojikiston—O‘zbekiston 2:2

Gollar: 1:0 — 62 Igor Shkvirin, 1:1 — 72 Muxsin Muhammadiyev, 1:2 — 74 Rustam Abdullayev, 2:2 — 86 Muxsin Muhammadiyev.

O‘yin 1992-yil 17-iyunda Markaziy Osiyo mamlakatlari kubogi musobaqasi doirasida o‘tkazilgan.

2. O‘zbekiston—Tojikiston 1:1

Gollar: 0:1 — 25 Valentin Shashkov, 1:1 — 36 Igor Cherevchenko (avtogol).

O‘yin 1994-yil Mustaqillik Kubogi musobaqasi doirasida o‘tkazilgan.

3. Tojikiston—O‘zbekiston 4:0

Gollar: 1:0 — 3 Hakim Fuzaylov, 2:0 — 65 Aliyor Ashurmamadov, 3:0 — 67 Aliyor Ashurmamadov, 4:0 — 87 Arsen Avakov.

Osiyo Kubogi—1996 musobaqasi saralash bosqichi doirasida o‘tkazilgan bahs.

4. O‘zbekiston—Tojikiston 5:0

Gollar: 1:0 — 4 Mirjalol Qosimov, 2:0 — 8 Sergey Andreyev, 3:0 — 33 Mirjalol Qosimov, 4:0 — 72 Igor Shkvirin, 5:0 — 95 Zafar Musaboyev.

Osiyo Kubogi—1996 musobaqasi saralash bosqichi doirasida o‘tkazilgan javob bahsi.

5. O‘zbekiston—Tojikiston 0:0

Osiyo Kubogi—2004 saralash bosqichi doirasida o‘tkazilgan uchrashuv.

6. O‘zbekiston—Tojikiston 4:1

Gollar: 1:0 — 36 Vladimir Shishelov, 2:0 — 43 Vladimir Shishelov, 3:0 — 48 Temur Kapadze, 4:0 — 62 Leonid Koshelev, 4:1 — 85 Pirmurod Burxonov.

Osiyo Kubogi—2004 saralash bosqichi doirasida o‘tkazilgan uchrashuv.

7. Tojikiston—O‘zbekiston 0:1

Gol: 0:1 — 72 Maksim Shatskix.

JCh—2014 saralashining 3-bosqichi doirasida o‘tkazilgan o‘yin

8. O‘zbekiston—Tojikiston 3:0

Gollar: 1:0 Sanjar Tursunov, 2:0 — 60 Odil Ahmedov, 3:0 — 72 Aleksandr Geynrix.

JCh—2014 saralashining 3-bosqichi doirasida o‘tkazilgan o‘yin

Ma’lumot uchun, Tojikiston terma jamoasini ayni damda o‘zbekistonlik mutaxassis Usmon Toshev boshqarmoqda.

Toshev O‘zbekistonga qarshi o‘yin uchun quyidagi futbolchilarni terma jamoaga jalb qilgan:

Darvozabonlar: Rustam Yatimov (“Istiqlol”), Shoxrux Qirg‘izboyev (“Lokomotiv-Pomir”), Qurbonali Boboyev (“Ko‘ktosh”);

Himoyachilar: Axtam Nazarov, Tabrezi Davlatmir, Zoir Jo‘raboyev, Vaxdat Xanonov (hammasi — “Istiqlol”), Manuchehr Safarov (“Lokomotiv-Pomir”), Xurshed Beknazarov, Alisher Barotov (ikkisi — “Xo‘jand”), Davronjon Ergashev (“Bunyodkor”);

Yarim himoyachilar: Alisher Jalilov, Amirbek Jo‘raboyev, Ehsoni Panchshanbe, Muhammadjon Rahimov (hammasi — “Istiqlol”), Ilhom Barotov (“Istaravshan”), Umarjon Sharipov (“Xatlon”), Sharafjon Solexov (“Fayzqand”), Komron Tursunov (“Moxun Bagan”, Hindiston), Xurshed Abdulloyev (“Dushanbe-83”);

Hujumchilar: Manuchehr Jalilov, Sheriddin Boboyev (ikkisi — “Istiqlol”), Jahongir Ergashev, Dilshod Bozorov, Toxir Malodustov (hammasi – “Xo‘jand”)

Vadim Abramov esa quyidagi o‘yinchilardan Tojikistonga qarshi bahsda foydalanishi mumkin:

Darvozabonlar: Eldor Suyunov (“Paxtakor”), Abduvohid Ne’matov (“Nasaf”), Botirali Ergashev (“Qo‘qon-1912”);

Himoyachilar: Ibrohimhalil Yo‘ldoshev (“Bunyodkor”), Sanjar Qodirqulov (“Bunyodkor”), Murod Xolmuhammedov (“Qo‘qon-1912”), Anzur Ismoilov (“Paxtakor”), Igor Golban (“Navbahor”), Islomjon Qobilov (“Bunyodkor”), Husniddin Aliqulov (“Nasaf”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”);

Yarim himoyachilar: Iskandar Shayqulov (“So‘g‘diyona”), Quvondiq Ro‘ziyev (“Qo‘qon-1912”), Hojimat Erkinov (OKMK), Lutfulla To‘rayev (“Bunyodkor”), Oybek Bozorov (“Nasaf”), Aziz Turg‘unboyev (“Navbahor”), Nurillo To‘xtasinov (“Bunyodkor”), Oybek Rustamov (“Qo‘qon-1912”), Abror Ismoilov (“Paxtakor”), Farrux Ikromov (“Bunyodkor”), Akmal Mozgovoy (“Nasaf”), Suhrob Berdiyev (“Qo‘qon-1912”);

Hujumchilar: Shohruz Norxonov (“So‘g‘diyona”), Shahzod Ubaydullayev (“Metallurg”), Temurxo‘ja Abduxoliqov (“Lokomotiv”).

Uchrashuvdagi gollarni quyidagi havola orqali kuzatib borish mumkin — HAVOLA.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 16:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют