» » O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 40 ming nafardan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 40 ming nafardan oshdi


O‘zbekistonda 2020-yil 3-sentabr soat 17:00 holatiga ko‘ra yana 53 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi va kasallanganlarning umumiy soni 42 688 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bergan.

Yangi kasallanish holatlarining

SSV xabarida koronavirusga chalingan ikki nafar bemorning vafot etgani bayon qilingan. Toshkent viloyati Chinoz tumanida yashagan 71 yoshli O.A. ismli ayol hamda Olmazor tumanida yashagan 46 yoshli N.M. ismli ayol COVID-19 koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

Vazirlik axborotida kasallikdan tuzalganlar bo‘yicha ham ma’lumot berilgan. Toshkent shahrida 115 nafar, Toshkent viloyatida 51 nafar, Sirdaryo viloyatida 17 nafar, Andijon viloyatida 7 nafar, Namangan viloyatida 6 nafar hamda Qashqadaryo viloyatida 2 nafar bemor jami 198 nafar kishi infeksiyadan forig‘ bo‘lgan.

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 40 081 nafarni (93 foiz) tashkil qilmoqda. Vazirlik axborot xizmati 2274 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilayotgani ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 1-sentabr soat 23:30 dan 2-sentabr soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 304 ta holat qayd etilgan. Bu 3-iyuldan beri eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.

Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 329 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 340 nafarni tashkil etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 17:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 14) ( 0) ( 12) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют