» » O‘zbekiston terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Tojikistonni taslim etdi

O‘zbekiston terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Tojikistonni taslim etdi


Vadim Abramov qo‘l ostidagi O‘zbekiston terma jamoasi 3-sentabr, payshanba kuni Tojikistonga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuv kutilganidek maydon egalarining hujumlari bilan boshlandi. 33-daqiqada Shahzod Ubaydullayev chap qanotdan jarima maydoniga yorib kirdi va uzoq burchakni aniq nishonga oldi.

Ikkinchi  bo‘lim debyutida tojikistonliklar Zoir Jo‘raboyevning kiritgan to‘pidan keyin oldinga o‘tib oldi. 67-daqiqada Murod Xolmuhammedov penaltini aniq ijro etgan holda hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi. Mana shu hisob o‘yin yakuniga qadar saqlanib qoldi.

O‘rtoqlik uchrashuvi

3-sentabr, payshanba

Gollar: 1:0 – 33 Ubaydullayev, 1:1 – 48 Jo‘raboyev, 2:1 – 67, penalti Xolmuhammedov.

O‘zbekiston: Abduvohid Ne’matov, Islom Qobilov, Ibrohimhalil Yuldashev, Husniddin Aliqulov, Abror Ismoilov (Akmal Mozgovoy, 75), Sanjar Qodirqulov (Nurillo To‘xtasinov, 64), Murod Xolmuhammedov (Iskandar Shoyqulov, 85), Shahzod Ubaydullayev (Shohruz Norxonov, 64), Lutfulla To‘rayev, Hojimat Erkinov (Quvondiq Ro‘ziyev, 64), Oybek Bozorov (Farrux Ikromov, 85).

Tojikiston: Shohruh Qirg‘izboyev, Xurshed Beknazarov (Zoir Jo‘raboyev, 46), Manuchehr Safarov, Komron Tursunov (Muhammadjon Rahimov, 88), Alisher Jalilov, Ehsoni Panshanbe, Ahtam Nazarov, Amirbek Jo‘raboyev, Manuchehr Jalilov (Sheriddin Boboyev, 46), Jahongir Ergashev (Umarjon Sharipov, 83), Davronjon Ergashev (Vahdat Hanonov, 75).

Ogohlantirishlar: Jahongir Ergashev (27), Manuchehr Safarov (42), Abror Ismoilov (68).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 21:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют