» » Toshkentda bosqinchilik yo‘li bilan fuqaroning uyidan 127 000 dollar o‘g‘irlagan shaxslar ushlandi

Toshkentda bosqinchilik yo‘li bilan fuqaroning uyidan 127 000 dollar o‘g‘irlagan shaxslar ushlandi


Toshkent shahri Olmazor tumanida yashovchi fuqaroning uyidan 127 000 AQSh dollarini bosqinchilik yo‘li bilan o‘margan shaxslar qo‘lga olindi, deya xabar qilmoqda Toshkent shahar IIBB.

Ma’lum qilinishicha, 27-avgust kuni taxminan soat 00:30 da Olmazor tumanida bir necha kishi yuzlarini niqob bilan berkitgan holda ochiq qolgan uyga kirgan. So‘ng o‘tkir buyum bilan qo‘rqitib, u yerdan 127 000 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketgan.

Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 164-moddasi 4-qismi (bosqinchilik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat qidiruv xizmati xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar davomida gumonlanuvchilar – 38 yoshli muqaddam sudlangan Shuhrat N., 24 yoshli muqaddam sudlangan Ergash U., 31 yoshli Shonurmuhammad Sh. va 27 yoshli muqaddam sudlangan Sardor S. qo‘lga olingan. 22 yoshli muqaddam sudlangan Komiljon U.ni qo‘lga olish choralari ko‘rilmoqda.

Tergov ishlari davom etmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 21:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют