» » Vadim Abramov: “Men sehrgar emasman, vaqt kerak”

Vadim Abramov: “Men sehrgar emasman, vaqt kerak”


O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov Tojikistonga qarshi kechgan o‘rtoqlik uchrashuvidagi g‘alabadan (2:1) keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘yinni ko‘rdingiz, yomon bo‘lmadi. Ko‘plab yosh futbolchilarni ko‘rib oldik. Bu faqatgina foydaga xizmat qildi. Garchi penaltidan gol urgan bo‘lsak-da, o‘yinda adolatli g‘alabaga erishdik deb hisoblayman. Tashabbus bizning tomonda bo‘ldi.

Menimcha, bu o‘yinda barcha futbolchilar o‘zini ko‘rsatdi. Tojikiston juda yaxshi o‘ynadi. Agarda Germaniya Niderlandiya bilan o‘ynasa, bu prinsipial bahs deyiladi. Yoshlarimiz o‘zini ko‘rsatishga harakat qildi. Biroq baribir jamoaviy o‘yinni kuchaytirish kerak. Siz ko‘rishni istagan jamoaviy o‘yin hali shakllanmagan. Individual eng kuchli futbolchilarni tanlab olishga harakat qildik. 19 yoshli terma jamoa uchun esa akademiyalar ko‘p. Ularda tanlash imkoniyati yuqoriroq.

Milliy terma jamoa rasmiy o‘yinda o‘ynamaganiga bir yil bo‘lib qoldi. O‘yin uslubi raqiblarning o‘yiniga qarab tanlanadi. Pandemiya sababli juda katta tanaffus bo‘ldi, men sehrgar emasman. Bu uchrashuvda ham hujumkor o‘ynadik, himoyaga yotib olmadik. Vaqt kerak, vaqt o‘tib, sizlar kutgan o‘yin uslubi yuzaga keladi.

Yig‘inlarda asosan mahalliy futbolchilar qatnashadi. Istaymizmi yo‘qmi, baribir, rasmiy o‘yinlarda legionerlarga tayaniladi.

Pandemiya sababli ular bizning ixtiyorimizga yetib kela olmayapti. Eron bilan o‘rtoqlik o‘yinini oktabr oyiga ko‘chirdik. BAA bilan kelishuvga yaqinmiz. Ko‘p narsa havo reyslariga bog‘liq. BAAga charter reyslar ochiladigan bo‘lsa, uchib ketishimiz mumkin. Muammo shunda. Pandemiyada vaziyat qanday bo‘lishiga qarab ish tutamiz. Xorijdagi futbolchilar bilan biz doimiy aloqadamiz. Tele-translyatsiyalar orqali futbolchilarni kuzatib boramiz.

JCh—2022 saralash bosqichi markazlashtiriladigan bo‘lsa ham unga tayyorlanish kerak. Balki o‘yinlar yanvar yoki fevral oylarida bo‘lib o‘tar. Menimcha bungacha bo‘ladigan o‘rtoqlik o‘yinlari foydadan holi bo‘lmaydi. Eron va BAA termalari bilan o‘rtoqlik o‘yinlari orqali rasmiy o‘yinlarga yaxshi tayyorlanamiz.

Vadim Abramov, O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi

Mavzuga doir: Ikki ot jilovini tutganlar. Parallel 2 ta lavozimda ishlash O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylari uchun foydali bo‘lganmi?

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 21:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют