» » Xakerlar Belarus IIV saytiga hujum qilib, Lukashenko va Karayevni qidiruvdagi jinoyatchilar ro‘yxatiga qo‘shib qo‘ydi

Xakerlar Belarus IIV saytiga hujum qilib, Lukashenko va Karayevni qidiruvdagi jinoyatchilar ro‘yxatiga qo‘shib qo‘ydi


Xakerlar Belarus ichki ishlar vazirligining saytiga hujum uyushtirdi. Ular prezident Aleksandr Lukashenko hamda ichki ishlar vaziri Yuriy Karayevni qidiruvdagi jinoyatchilar ro‘yxatiga qo‘shib qo‘ygan. Bu haqda TJournal xabar qildi.

Xakerlar ikkala amaldorni ham Belarus xalqiga qarshi harbiy jinoyatlarni amalga oshirganlikda ayblamoqda.

Saytga kiberhujum uyushtirilgani haqida skrinshotlar “Nasha Niva” Telegram kanalida e’lon qilingan. Hozirda vazirlikni sayti vaqtincha ishlamayapti.

Belarusda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarining natijalarini bekor qilish yuzasidan xalq norozilik namoyishlari deyarli bir oydan buyon davom etmoqda. Belarus MSK ma’lumotiga ko‘ra amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko 80,1 foiz ovoz bilan saylovlarda g‘olib chiqqan, muxolifat vakili Svetlana Tixanovskaya 10,1 foiz ovoz olgan. Muxolifat rasmiy natijalarni tan olmagan va Lukashenkoning iste’foga chiqishi va saylovlarning qaytadan o‘tkazilishini talab qilmoqda.

Svetlana Tixanovskaya 11-avgust kuni Belarusdan Litvaga chiqib ketgan. Litva hukumati Svetlana Tixanovskayaga boshpana va qo‘riqchilar taqdim etgan. Tixanovskaya 14-avgustda Belarus muxolifatining muvofiqlashtiruvchi kengashi tuzilganini e’lon qilgan. U kengashga hukumat va norozilik namoyishi o‘tkazayotgan xalq o‘rtasidagi nizoning hal etilishini istagan barcha birlashmalarning vakillari kirishi mumkinligini gapirgan.

Lukashenko ushbu kengashning tuzilishini hukumatni noqonuniy yo‘l bilan egallashga urinish deb atagan. Belarus konstitutsion sudi kengash faoliyatini qonunga zid deb topgan. Kengashga nisbatan Belarus Jinoyat kodeksining 361-moddasi bilan (milliy xavfsizlikka tahdid qiladigan harakatlarni amalga oshirish, ushbu harakatlarni qilishga chorlash) bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan.

Latviya, Litva va Estoniya Aleksandr Lukashenko va yana 29 nafar belaruslik mansabdorga nisbatan sanksiya joriy qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 07:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют