» » Samarqanddagi Tramvay liniyalarini ekspluatatsiya qilish direksiyasi mansabdorlari 1,2 mlrd so’mni o‘zlashtirgani aniqlandi

Samarqanddagi Tramvay liniyalarini ekspluatatsiya qilish direksiyasi mansabdorlari 1,2 mlrd so’mni o‘zlashtirgani aniqlandi


Samarqand shahar hokimligi qoshidagi “Tramvay liniyalarini ekspluatatsiya qilish direksiyasi” davlat korxonasi mansabdor shaxslari 1,2 milliard so‘m mablag‘ni o‘zlashtirgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Samarqand viloyat boshqarmasiga tayanib, “Zarnews” xabar berdi.

Holat yuzasidan o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish bilan bog‘liq jinoyat ishi ochilgan. Jinoyatni ochishda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda DXX viloyat boshqarmalari xodimlari tomonidan to‘plangan hujjatlar asos bo‘lgan.

Aniqlanishicha, Samarqand shahar hokimligi qoshidagi “Tramvay liniyalarini ekspluatatsiya qilish direksiyasi” davlat korxonasi mansabdor shaxslari 2017—2019-yillar davomida oldindan til biriktirib, bir guruh bo‘lib, korxonaning 74,6 million so‘m mablag‘ini xizmat safari uchun asossiz chiqim qilgan.

Bundan tashqari, xodimlarning ish haqiga asossiz ravishda 235,8 million so‘m qo‘shib yozilgan hamda bankdan ish haqi uchun olingan 112,3 million so‘m xodimlarga tarqatilmagan.

Korxona mansabdorlari korxonada ishlamagan fuqarolarning kontrakt to‘lovi va boshqa xarajatlari uchun 137 million so‘m mablag‘ o‘tkazgan. Boshqa korxonalarga moliyaviy yordam sifatida 62,5 million hamda korxonaning korporativ kartasidan 636,1 ming so‘m asossiz chiqim qilingan.

Mansabdorlar davlat korxonasining jami 1,258 milliard so‘m mablag‘ini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Bundan tashqari, “Tramvay liniyalarini ekspluatatsiya qilish direksiyasi” davlat korxonasi mansabdor shaxslari davlat korxonasi mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan qo‘lga kiritgan mablag‘larining 232,4 million so‘mini Samarqand shahar Al-Xorazmiy ko‘chasida qurilgan ko‘p qavatli uydan 3 xonali xonadonni sotib olish uchun “M.D.B” MChJga o‘tkazib bergan. Ya’ni, jinoiy faoliyatdan olgan daromadlar legallashtirilgan.

Holat yuzasidan departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan “Tramvay liniyalarini ekspluatatsiya qilish direksiyasi” davlat korxonasi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 07:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 95) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют