» » Farg‘onada xususiy korxona xodimlari 4,5 mlrd so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirgani aniqlandi

Farg‘onada xususiy korxona xodimlari 4,5 mlrd so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirgani aniqlandi


Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda 4,5 milliard so‘m kredit mablag‘ni talon-toroj qilgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “X” xususiy korxonasi rahbari N.I. va fuqaro A.Sh. noqonuniy daromad orttirish maqsadida oldindan til biriktirib, bankdan ajratilgan 4,5 milliard so‘m kredit mablag‘ini A.Sh.ning bank plastik kartasiga o‘tkazib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Xususan, N.I. va A.Sh. plastik kartasiga o‘tkazilgan kredit mablag‘i hisobidan 820,4 million so‘mni “Q” MChJning kredit to‘lovi uchun o‘tkazgan. Qolgan pul mablag‘larini esa tijorat banklari bankomatlari orqali naqdlashtirib, fuqaro Sh.dan 40 dona va fuqaro T.dan 7 dona turli rusumdagi yengil avtomashinalarni sotib olib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarini legallashtirgan.

Mazkur holat yuzasidan “X” xususiy korxonasi rahbari N.I., fuqaro A.Sh. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют