» » Deyarli hamma uyda bolgan inson umrini qisqartiruvchi buyumlar

Deyarli hamma uyda bolgan inson umrini qisqartiruvchi buyumlar


Atrofga nazar tashlash vaqti keldi. Ehtimol uy jihozlari sogliqqa asta-sekin tasir otkazayotgan bolishi mumkin. Buni inson ozi sezmaydi yoki sezsa ham kelib chiqish sababini aniqlay olmaydi. Buyumlar esa oz navbatida nafaqat sogliqqa, balki hayot davomiyligiga ham tasir qilishi ehtimoldan xoli emas.

Nosoz elektr toki

Kop qavatli uylarning aksariyati bir necha yillar avval favqulodda vaziyatda qurilgan. Vaqt otishi bilan barcha narsa eskirganidek uylardagi elektr simlari ham chiriy boshlaydi. Garchi yongin xavfsizligi choralari oldindan korilgan bolsa ham yashirin elektr simlari ot chiqishiga sabab bolishi mumkin. Buning oldini olish uchun simlarning ishlash muddati va ornatish sifatiga etiborli bolish kerak. Alyumin 10?15, mis simlarni 20?30 yildan keyin almashtirish shart. Bu ishni ortga surib bolmaydi, sababi qisqa tutashuv roy berganda uni bartaraf etishning imkoni yoq. Shuningdek, avval ornatilgan simlar hozirgi elektr toki bilan ishlaydigan jihozlar uchun moljallanmagan.

Suniy taxta mebellar

Yoshi katta onaxonlar nemis toplami uchun necha oylab navbat kutganini yaxshi eslaydi. Ayni damda mebel ishlab chiqarish sanoati qanchalik yaxshi rivojlanmasin, narxlar doimgidek sifatlisi ? qimmat va suniylari ? arzon. Shu sababdan ham ikkinchi variant ancha mashhur.

Ammo arzonga intilish bilan sogliqni yoqotish, hattoki umrni qisqartirish ham mumkin ekan. Ayrim ishlab chiqaruvchi korxonalar mebellarda qurilish uchun moljallangan plitalardan foydalanadi. Ular organizmga juda zararli bolgan fenol va formaldegid moddalarini chiqarganligi sababli otkir kimyoviy hidi bilan ajralib turadi. Ushbu moddalar nafas olish tizimida jiddiy muammolar keltirib chiqaradi.

Yelim idishlar

Turli dizayndagi yelim idishlar qulayligi bilan oshxonadagi javondan joy olgan. Albatta, unda ovqat isitish mumkin, tushirib yuborilsa sinmaydi, yuvish ham oson. Malumotlarga qaraganda Yevropada bir marta ishlatiladigan yelim idishlar sotish taqiqlangan. Lekin bu qaror foydalanuvchilarning sogligi uchun emas, balki tashqi dunyoga gamxorlik uchun qabul qilingan.

Afsuski, istemolchilarning aksariyati yelim idishlarni avaylab, kop yillardan buyon foydalanib kelmoqda. Sababi bunday idish inson salomatligiga qanchalar xavfli ekanligi ularga malum emas. Yelim idishlarni saqlash muddati maksimal 1 yil. Vaqt otishi bilan idish yuzasida paydo boladigan yoriqlar pantogen mikroblar va bakteriyalar uchun zamin boladi. Ularni qaynoq suvda sterilizatsiya qilish foyda bermaydi. Aksincha yelim idish isitilganda bisfenol A va ftalat odamning gormonal fonini ozgartirishi mumkin bolgan moddalar ajralib chiqadi. Aynan shu sababga kora, yelim idishlarni 60 darajadan yuqori haroratda isitish tavsiya etilmaydi.

Havoning yaxshi aylanmasligi

Uydagi ob-havo eng muhimidir. Xonadondagi iqlim buzilishi odamning sogligiga, kayfiyatiga va hatto ish farovonligiga ham tasir otkazadi. Axir Jahon sogliqni saqlash tashkiloti otgan asrning 70-yillarida kasal bino sindromi kabi tushunchani kiritgani bejiz emas edi. Bu malum bir xonada uzoq vaqt bolish tufayli inson ozini yomon his qiladi. Ushbu kasallik havoning yomon sifati fonida rivojlanadi.

Xonalarda havo aylanishi meyorida bolmasa, derazalar parlana boshlaydi. Natijada kondensatsiya deraza va devorlarga oqib tushadi. Uy burchaklarida mogorlanish jarayoni kuzatiladi. Buning ortidan allergiya va nafas yollarida turli kasalliklar paydo boladi. Hattoki saraton kasalligiga ham sabab bolishi mumkin.

Maishiy kimyo

Kiyimdagi doglarni ketkazish, chivin yoki suvaraklarga qarshi kurash, xonada atirgul hidi kelib turishini taminlash bularning barchasi uyni toksinlar bilan zaharlaydi.

Masalan, havo spreyi tarkibidagi etilenglikol zaiflik, bosh ogrigi, aylanishi, nafas qisilishi va yurakning tez urishiga sabab boladi. Ftalik kislota efirlari tugilmagan bolaning rivojlanishiga tasir qilishi va reproduktiv qobiliyatni salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Uy sharoitida foydalanadigan xlor bugidan ham zaharlanish mumkin. Undan foydalanishda gipertenziya, yurak va qon tomirlari bilan bogliq muammolar yoki allergiya, keyinchalik bronxial astma rivojlanishi mumkin.

Kuyaga qarshi vosita

Lavanda, gerani va apelsin postlogini moynali kiyimlar orasiga qancha bolsa ham qoyish mumkin. Kuya kapalaklarni yoq qilish uchun naftalindan foydalaniladi. Togri, buning uchun tarkibida chindan ham oldiradigan konsentratsiya bolishi kerak. Afsuski, ushbu vosita odamlar uchun ham xavfli hisoblanadi. Shuning uchun ham oz-ozidan qayt qilish, bosh ogrigi va diareya kasalligi kelib chiqadi.

Sintetik gilamlar

Gilam qadam tovushlarini yutib, uyni issiq tutadi. Shuningdek, ushbu jihoz chang ham yigadi. Yil davomida 2-3 kilogramm chang yigishi kuzatilgan.Yil davomida yigilgan changlar orasida minglab parazitlar yashaydi. Ularni esa faqat mikroskopda korish mumkin. Ular allergiya, astma va nafas olish muammolarini keltirib chiqaradi.

Albatta, har kuni tozalash ishlari olib boriladi. Faqatgina gilam sintetik materiallardan bolsa, u sogliqqa jiddiy zarar keltirishi mumkin. Polipropilen, akril, poliuretan, vinil, neylon bularning barchasi inson salomatligi uchun zarar. Gilam yangi paytda zaharli moddalar intensiv ravishda ajralib chiqadi. Shuning uchun yangi gilamni bir hafta davomida hech kim yashamaydigan joyga yoyish kerak. Garchi zaharlar butunlay yoqolib ketmasa-da, ularning konsentratsiyasi sezilarli darajada kamayadi.

Lazerli printerlar

Kutilmagan bolsa-da, ammo haqiqat. Lazerli printerning zarari tamaki tutunidan kam emas. Qurilma ishlash jarayonida toner kukunini havoga tarqatadi. U opkaga tushganida nafas olish qiyinlashishi yoki surunkali kasallikni keltirib chiqaradi. Printerdagi ozon filtrini almashtirmaslik qon oksidlanishi va erta qarishga olib keladi. Umuman olganda, printer havo yaxshi aylanadigan joyda turishi va iloji boricha kamroq ishlatilishi kerak.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (4-09-2020, 10:55)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 21) ( 0) ( 19) ( 2)
:
-
:
20 ... -