» » Foto: “Taqdir hazili yoki qushdek yengil bo‘ling” filmi aktyorlari 44 yildan so‘ng

Foto: “Taqdir hazili yoki qushdek yengil bo‘ling” filmi aktyorlari 44 yildan so‘ng


1976-yil 1-yanvarda ekran yuzini ko‘rgan, rejissor Eldar Ryazanov tomonidan taqdim qilingan “Taqdir hazili yoki qushdek yengil bo‘ling” filmi aktyorlari qanchalik o‘zgarganiga fotolar orqali javob beramiz.

Andrey Myagkov

“Taqdir hazili yoki qushdek yengil bo‘ling” filmida Jenya Lukashini rolini ijro qilishiga qadar ham aktyor arsenalida 10 ga yaqin ijrolar bo‘lgan, lekin aynan mazkur filmdagi roli uni mashhur bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Shundan keyin aktyor rejissor Ryazanov bilan hamkorlikni davom ettirgan. Myagkov detektiv janriga oid bir necha kitob yozgan shuningdek rassomlik bilan ham shug‘ullangan. So‘nggi vaqtlarda filmlarda suratga tushmaydigan aktyor, avvallari suratga olingan yaxshi kinolar kinosanoatning amerika formati uchun yo‘q qilingan deb hisoblaydi. Ayni vaqtda Andrey Myagkov 82 yoshda.

Barbara Brilska

Filmdagi Nadya roliga bir qancha aktrisalar kastingdan o‘tganiga qaramay, Barbara ijrosidagi Polshada suratga olingan filmni ko‘rgan Ryazanov uni bosh qahramoni sifatida ko‘radi. Mazkur roli uchun aktrisa SSSR faxriy davlat mukofoti bilan taqdirlangan. 2000-yillardan boshlab aktrisa rus kinolarida suratga tushishni davom ettirgan. Ayni vaqtda Barbara Brilska 79 yoshda.

Yuriy Yakovlev

Turli janrdagi filmlarda rol ijro qila olishi mumkin bo‘lgan aktyor, karyerasi davomida 100 dan ortiq kino va teatrda rol ijro qilgan. 1950-yildan aktyorlik bilan birga multfilmlarga ham ovoz bergan. 2007-yilda ekran yuzini ko‘rgan “Taqdir hazili davomi” filmidagi Ippolit roli aktyor uchun oxirgi bo‘lgan. Yuriy Yakovlev 2013-yilda 85 yoshida vafot etgan.

Aleksandr Shirvindt 

1956-yilda karyerasini boshlagan Aleksandr Anatolyevich 60 ga yaqin kinolentada suratga tushgan. Ko‘p vaqtini teatrga sarflagan va 100 dan ortiq rol ijro qilgan. Rejissor va postanovkachi sifatida 20 ga yaqin film suratga olgan aktyor ko‘plab kinomukofotlarni qo‘lga kiritgan. Astronomlar, asteroidni aktyor sharafiga ?atagan hatto. Ayni vaqtda  Aleksandr Shirvindt 86 yoshda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 11:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют