» » Qovoqchali “cheburek” retsepti

Qovoqchali “cheburek” retsepti


Birgina qovoqchadan qanchadan qancha mazali taomlar tayyorlash mumkin. Masalan, qovoqcha qo‘shilgan xamir ichiga mol go‘shti qiymasi solib pishirilsa, betakror ta’mga ega “cheburek”lar tayyor bo‘ladi.

Kerakli mahsulotlar:

Tayyorlanish jarayoni:

Belgilangan midordagi mahsulotlar 9 ta “cheburek” uchun mo‘ljallangan.

Go‘sht bo‘laklari bir soat davomida past olovda pishirib olinadi.

Qaynatilgan go‘sht alohida idishda sovutiladi.

Piyoz mayda to‘g‘raladi, qizigan yog‘da 4-5 daqiqa qizil tusga kirguncha qovuriladi.

Go‘sht va piyoz maydalagichdan o‘tkaziladi.

Aralashmaga tuz va ziravorlar sepiladi.

Qovoqcha qirg‘ichdan o‘tkaziladi. So‘ng unga tuxum, un, sut, murch va 70 ml o‘simlik yog‘i qo‘shiladi.

Yaxshilab aralashtiriladi.

Xamir quyuqroq bo‘lishi kerak.

Qizigan tovaga 2 osh qoshiq yog‘ solinadi. Yog‘ qizigandan so‘ng xamir tova yuzasini qoplaydigan miqdorda quyiladi.

Tovadagi xamirning yarim bo‘lagiga 2-3 osh qoshiq qiymali aralashmadan solinadi.

Xamir biroz pishganidan so‘ng uning bo‘sh tomoni qiyma ustiga yopiladi va xamirning chet qismi bir-biriga yopishtiriladi.

Qovoqachali “cheburak”ning har bir tomoni 2-3 daqiqa davomida qizarguncha pishiriladi. Tayyorlanish jarayoni shu tartibda davom etadi.

Tayyor bo‘lgan “cheburek”lar qog‘oz salfetka ustiga, yog‘ni shimib olishi uchun qo‘yiladi. Keyin esa dasturxonga tortiladi.

“Cheburek”lar sizga muntazir! Yoqimli ishtaha!

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 12:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют