» » Amirulla Abdullayev Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi

Amirulla Abdullayev Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi


Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Amirulla Xazratovich Abdullayev Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Ma’lumot uchun, Amirulla Abdullayev bakalavr darajasini Guliston davlat universitetida hamda magistr darajasini Xirosima universiteti (Yaponiya)da olgan. Turli yillarda u o‘qituvchilarni xorijiy tillarga tayyorlash bo‘yicha Ukraina, AQSh, Germaniya, Yaponiya, Italiya, Janubiy Koreya va Buyuk Britaniyada o‘quv kurslarida ishtirok etgan va shu bilan birga ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha o‘z malakasini ham oshirib borgan.

2002-yildan boshlab u turli oliy o‘quv yurtlarida ingliz tili o‘qituvchisi sifatida faoliyat ko‘rsatib, rahbarlik lavozimlarini egallab kelgan. 2015-yilning sentabr oyidan 2018-yil yanvar oyigacha Toshkent shahridagi Inha universiteti qoshidagi Uzluksiz ta’lim markazi menejeri lavozimida ishlagan.

Amirulla Abdullayev agentlik direktorining o‘rinbosari etib tayinlangunga qadar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabda direktor edi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur agentlik 2019-yil 9-sentabrdagi Prezident farmoni bilan tashkil etilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 13:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют