» » Namanganda yuz bergan YTHda to‘rt kishi halok bo‘ldi

Namanganda yuz bergan YTHda to‘rt kishi halok bo‘ldi


Namangan viloyati Pop tumanida Matiz va Nexia rusumli avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo‘lishi oqibatida 4 kishi vafot etdi. Bu haqda IIV YHXBB xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 4-sentabr kuni soat 05:00 larda, Namangan viloyati Pop tumani hududidan o‘tgan 4R-112 Farg‘ona halqa avtomobil yo‘lining 10-kilometrida haydovchi 1998-yilda tug‘ilgan J.M. Matiz rusumli avtomobilda harakatlanayotib, boshqaruv vaqtida uxlab qolgan.

Oqibatda J.M. boshqarayotgan avtomobil qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib, qarshisidan kelayotgan haydovchi, 1987-yilda tug‘ilgan I.O. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.

Natijada, Matiz rusumli avtomobil haydovchisi 22 yoshli J.M. hamda yo‘lovchi 23 yoshli S.X. va Nexia rusumli avtomobil yo‘lovchilari 45 yoshli I.M. hamda 39 yoshli R.G‘. og‘ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan.

Nexia rusumli avtomobil haydovchisi 33 yoshli I.O. va yo‘lovchilari 23 yoshli Sh.S. hamda 22 yoshli N.A. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Matiz rusumli avtomobil haydovchisi J.M. bir yil davomida 9 marotaba, Nexia rusumli avtomobil haydovchisi I.O. 1 marotaba qoidabuzarlik sodir etgani aniqlangan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 14:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют