» » Fransiyada monarxiyaning agdarilishiga sabab bolgan konstitutsiya. 3-sentabr ilk demokratik konstitutsiya qabul qilingan kun

Fransiyada monarxiyaning agdarilishiga sabab bolgan konstitutsiya. 3-sentabr ilk demokratik konstitutsiya qabul qilingan kun


Fransiya 1789-yilgi Buyuk fransuz inqilobidan keyin 13 ta siyosiy rejimda yashadi. Shu davr mobaynida 21 ta konstitutsiyaviy hujjat joriy qilindi. Shular orasida 1791-yil 3-sentabrda qabul qilingan konstitutsiya Fransiya tarixidagi ilk yozma konstitutsiya edi. Daryo sana munosabati bilan bugungi maqolani Fransiyaning mazkur konstitutsiyasiga bagishlaydi.

Ushbu konstitutsiyaning bir nechta asosi bor. Ular qatoriga Styuartlarni agdarib tashlagan va parlamentar monarxiyaga olib kelgan 16881689-yillardagi ingliz inqilobi, marifatparvarlardan qolgan siyosiy va falsafiy goyalar harakatlari va atlant inqiloblari nomi bilan atalgan harakatlarni keltirish mumkin (Jacques Godechot.France and the Atlantic revolution of the eighteenth century, 1770-1799(1965). Shuningdek, konstitutsiya tarafdorlari Amerikada qabul qilingan konstitutsiyalardan ham ilhom olgan edi.

Angliyadagi Huquqlar deklaratsiyasi zamonaviylashgan monarxiya modelini taqdim etardi. Unga kora, hokimiyat ikkiga bolinardi. Bir tomondan qirol, ikkinchi tomondan ikki kamerali parlament davlat boshqaruvini bolib olishar edi. Ushbu nazariyani Jon Lok ozining fuqarolik jamiyati haqidagi tezislarida 1690-yilda organib chiqqandi. Uning asosiy prinsipi bolmish hokimiyatning bolinish prinsipi Monteskye tomonidan nazariyaga olib kirildi.

Ammo ingliz modeli shundayligicha qabul qilina olmas edi. Sobiq Uchinchi tabaqa deputatlari aristokratlardan iborat Palatani xohlamadi va shuning uchun yagona Palataga ovoz berildi.

Konstitutsiya qabul qilishga qadam 1789-yil 20-iyundagi Top oyini qasamyodi bilan tashlandi. Deputatlar aynan osha kuni qirollik konstitutsiyasini tuzishga bel bogladi va bu uch yildan keyin amalga oshdi. 1789-yil 6-iyul kuni Milliy Assambleya (Fransiya parlamenti) 30 kishidan iborat konstitutsion qomita tashkil qildi. Qomita tuzilganidan boshlab to qabul qilingunga qadar bir necha bor moddalarni ozgartirdi. 1791-yil 1-sentabr kuni Pyer Samuel Dyupon de Nemur qomitaga konstitutsiyani yakunlangan va qayta ozgartirilmasligi haqida elon qilishni taklif qildi. Ammo unga qarshilar konstitutsiyani qayta oqib chiqqandan keyin qirolga yuborishni maslahat berdi. Bahs-munozaralar esa chozilib ketadigandek bolib korindi.

1791-yil 3-sentabr kuni qomita azosi Jan Denis Lanjuines konstitutsiyani kechiktirishga bolgan manyovrlarning oldini olish maqsadida qomitaning konstitutsiyani tugagan va unga hech qanday ozgartirish kirita olmasligini elon qilganini malum qildi. Shu tariqa Fransiyadagi ilk yozma konstitutsiya tayyorlandi va u 14-sentabr kuni qirol Lui XVI tomonidan qabul qilindi (Guy Putfin, La D?claration des droits de l'homme et du citoyen: recensement et variantes des textes (ao?t 1789 septembre 1791), Annales historiques de la R?volution fran?aise, vol. 50e ann?e, no 232,? avril-juin 1978, p. 180-200).

Ushbu konstitutsiyaning tarixiy ahamiyati shundan iborat ediki, u Fransiyadagi mutlaq monarxiyani cheklangan monarxiyaga aylantirgan edi. Ushbu konstitutsiya ortidan Fransiyada konstitutsion monarxiya tashkil etildi. Konstitutsiyaga muvofiq hokimiyat parlament va qirol ortasida taqsimlandi. Parlament qonun chiqaruvchi, qirol esa ijro hokimiyatini egalladi.

Ikki yilga saylanadigan 745 deputatdan iborat Milliy Assambleya soliqlarni belgilash, qonunlar ishlab chiqish va unga ovoz berish, urush elon qilish va tinchlik sulhlarini ratifikatsiya qilish kabi huquqlarga ega edi.

Ijro hokimiyatining egasi bolgan qirol vorislik asosida tayinlanar, qasamyod esa konstitutsiya bilan bogliq edi. U vazirlarni tayinlash, ularni lavozimidan boshatish, qonunlarni imzolash yoki tort yilgacha taqiqlash (veto huquqi) va urush elon qilishi yoki tinchlik sulhi taklif qilish kabi huquqlarga ega edi. Qirolning Xlodvig davridan buyon saqlanib kelayotgan muqaddaslik tamoyili bekor qilindi.

Konstitutsiyaga muvofiq oliy hokimiyat esa jamiyatning barcha tabaqalaridan tashkil topgan millat qolida edi. Qirol va parlament uning vakillari edi xolos. Shuningdek, konstitutsiya mamlakatdagi fuqarolarni ikki guruhga aktiv va passiv guruhga boldi. Aktiv aholi mamlakatning siyosiy hayotiga qatnashadigan guruh edi. Passiv qatlamga ayollar va bolalar, xorijliklar kirar edi.Aholining aktiv qismi Fransiya aholisining 15 foizini tashkil qilardi.

Fransiya fuqaroligini olish uchun esa xorijliklar mamlakat hududida besh yil yashagan bolishi yoki molk-mulkka ega bolishi kerak edi. Bunga qoshma nikoh ham kirar edi. Keyingi avlod uchun esa qon huquqi yer huquqidan ustun boldi. Fransiya hududida tugilgan xorijliklarning bolalari esa faqatgina voyaga yetgandagina fuqarolik oladigan boldi. Shuningdek, konstitutsiyada yana boshqa bir qator davlatga tegishli masalalar ham kiritilgan edi. U 210 moddani oz ichiga olgan edi.

Ushbu konstitutsiyaviy tuzum tez orada muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Chunki uning kamchiliklari ochilib qoldi. Dastlab 10 yilga moljallab qabul qilingan konstitutsiya bir yilgina yashadi xolos. Buning bir qancha sabablari bor edi:

Turli xil qarama-qarshiliklar natijasida parlament monarxiyasi qulash arafasiga keldi. Inqilobiy guruhlar turli klublarda yigilib, respublika va demokratiya goyalarini targib qildi. 1792-yil 10-avgust kuni Parij inqilobiy kommunasi tuzildi va u qirol saroyiga hujum qildi. Parlament qirolni taxtdan agdarilgan deb elon qildi va uni hibsga olishga buyruq berdi. 1792-yil 21-sentabrda monarxiya bekor qilindi. Qirol esa 1793-yil 21-yanvar kuni qatl etildi.

Shunday qilib, 1791-yilgi konstitutsiyaning qabul qilinishi oxir-oqibatFransiyada monarxiya agdarilishiga olib keldi. Konstitutsiyaning asosiy prinsiplari bolmish shaxsiy daxlsizlik, shaxsning etiqod, fikr, nutq va siyosiy erkinlik sohasidagi mustaqil namoyon bolishi, qonunchilik va hukumatdagi vakillar orqali xalq ishtiroki manosida mamlakatning keyingi konstitutsiyalari, jumladan, amaldagi konstitutsiyasidan ham joy oldi.

Jahongir Ostonov tayyorladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (4-09-2020, 15:10)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -