» » Toshkentda o‘z farzandini o‘ldirib, uning murdasini yoqib yuborgan ayolning eri voqea qanday bo‘lganini so‘zlab berdi

Toshkentda o‘z farzandini o‘ldirib, uning murdasini yoqib yuborgan ayolning eri voqea qanday bo‘lganini so‘zlab berdi


Toshkentda 5 yoshli qizini urib o‘ldirib, so‘ng murdasini o‘choqda yoqib, jasad yonmay qolgandan so‘ng esa uning suyaklarini Chirchiq daryosiga tashlagan er-xotinga sud hukmi o‘qilgani haqida xabar berilgandi. Sud hukmi bilan 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan er voqea qanday bo‘lganini so‘zlab berdi. Bu haqda “Darakchi” xabar qildi.

“Xotinim bilan 2015-yil Moskvada tanishimning tug‘ilgan kunida tanishganmiz. U menga ikki nafar farzandi borligi, ularni boqishga qiynalib qolganini aytdi. Shundan so‘ng yaqinroq tanishib, 2015-yil shar’iy nikoh bilan turmush qurdik. Turmushimiz davomida ikki nafar o‘g‘il farzandli bo‘ldik.

Uning birinchi turmushidan uch nafar farzandi bor edi. 2019-yil birinchi turmushidan bo‘lgan to‘ng‘ich o‘g‘lini nikoh to‘yida ishtirok etish hamda o‘g‘illarim tez-tez kasal bo‘lgani sababli O‘zbekistonga qaytib kelganmiz. Namangandagi uyimda birinchi oilam va o‘g‘illarim yashagani uchun bu ayol bilan Toshkentda yashashga qaror qilganmiz.

Qurilishda ishlab yurganimda xotinim qo‘ng‘iroq qilib, farzandi kasal bo‘lib qolganini aytib, uyga kelishimni so‘radi. Boshliqdan ruxsat so‘rash bilan birga biroz dori-darmon olish uchun pul ham so‘radim. Pul emas, ruxsat berdi.

Uyga kirishim bilan birinchi turmushidan bo‘lgan qizini o‘ldirib qo‘yganini aytdi. Nima bo‘lganini tushunmay, bola yotgan xonaga kirdim. Qizaloq yerga yotqizilgan, ustiga yopinchiq tashlab qo‘yilgandi. Yopinchiqni ochib, uning yuziga bir-ikki yengil shapaloq urganimda yuzi qotib qolganini bildim.

Nima bo‘lganini so‘raganimda voqea tafsilotlarini aytib berdi. Shunda onangga qo‘ng‘iroq qilib, muammoni o‘zlaring hal qilinglar, dedim. Xotinim kichik o‘g‘limizni mahkam ushlab, odamlar onasi qizini o‘ldiribdi, deyishgach, katta qizimni hech kim so‘ramay qo‘yadi. Agar onamga qo‘ng‘iroq qilsangiz, kichik o‘g‘limni ham o‘ldiraman, dedi.

Birinchi o‘g‘il farzandim tug‘ilganida shifokorlar xotinimning ruhiyati yaxshi emasligini aytgani esimga tushdi. Shu sababli unga nima qilsang qil, bolamni qo‘yib yubor, dedim. So‘ng qizimning murdasini yo‘q qilishda yordam bering. Onamga qo‘ng‘iroq qilmang, hammasiga o‘zim javob beraman, dedi. Noiloj rozi bo‘ldim.

Birozdan so‘ng yegulik olish maqsadida xotinim va bolalarim bilan birgalikda ko‘chaga chiqdik. Xotinim bir shisha aroq ham sotib oldi. Pulni qayerdan olganini so‘rasam, ziragimni 350 000 so‘mga sotdim, dedi. Uyga kirgach, aroq ichib o‘ziga kelganini aytdi. O‘g‘illarim juvonmarg bo‘lib ketmasin. Qamalib ketsak, kimlarni qo‘lida xor bo‘lishadi? O‘z farzandimning qotili bo‘lish — isnod, deya ancha vaqt yig‘ladi. Birozdan so‘ng muzlatgichdan pivo olib ichdi.

Xotinim telefon va kalitlarimni olib qo‘ydi. Ertasi kuni xotinim va farzandlarim bilan yana ko‘chaga chiqib, qizning murdasini ko‘mish uchun joy qidirdik. Lekin joy topa olmadik. Rossiyada bo‘lgan vaqtimizda shashlik qilish uchun o‘rmonga o‘xshash joylarga borib turardik. Xotinim ham shashlik qilish bahonasida tog‘ga chiqib, o‘sha yerlarga ko‘mib kelishni aytdi.

Do‘stlik-2 mavzesiga borib, u yerda tashlandiq joylarni ko‘rib keldik. Lekin u joylarga ham ko‘mishning imkoni bo‘lmadi. Yo‘lda xo‘jalik mollari do‘konidan bir dona sopsiz belkurak va bir shisha o‘t oldirish uchun yoqilg‘i sotib oldik. Uyga kelib, internet orqali Bo‘stonliqdan dala hovli qidirib, bir kecha tunab qolish uchun makler bilan 250 000 so‘mga kelishdik.

Xotinim bolasining murdasini sumkaga joylashtirdi. Taksi kelganidan so‘ng birgalikda yo‘lga chiqdik. Ilgari gaplashgan dala hovlimizni boshqalarga ijaraga berib yuborilganini bildik. O‘sha yerdagi notanish makler o‘zining dala hovlisini bir kechaga 250 000 so‘mga berishini aytdi.

Qorovuliga pasportimni berib, hovliga joylashdik. Murda solingan chamadon esa darvozaxonada qoldi. So‘ng xotinim va farzandlarim bilan yaqin atrofdagi do‘konga borib, tuxum, kartoshka, bir shisha aroq sotib oldik. Birgalikda aroq ichdik.

Shu kuni tunda xotinimga murdani yangi qurilayotgan dala hovli atrofiga ko‘mishni taklif qildim. Nima qilishni o‘zim bilaman, murdani ko‘mmayman. Agar itlar kovlasa, ochilib qoladi. Endi ishingiz bo‘lmasin, dedi. Ertasi kuni tongda meni uyg‘otib, murda sasib ketyapti, dedi. Shunda murdani o‘choq boshiga olib borib yoqayotganini ko‘rdim. Murda o‘choqqa joylashtirilgan, ustidagi qozonda suv qaynayotgandi. Nimalar qilib qo‘yding, deya o‘sha yerdagi qo‘lqopni qo‘limga kiyib, qozonni oldim. Murdani ustiga suv sepib o‘chirdim.

Dala hovliga murdani ko‘mish uchun borgandik, lekin xotinim nima sababdan yoqqanini bilmayman. Xotinim endi bu jinoyatda ikkalamiz sherikmiz, birgalikda javob beramiz, dedi. Xotinim do‘kondan polietilen qop olib keldi. Nima qilishini so‘raganimda murdaning qoldiqlarini qopga solib, yo‘qotib kelaman, dedi. Bunday qilmasligini aytganimda endi menga sheriksiz. Xohlasangiz tashlab kelamiz, xohlamasangiz hech narsa qilmang, dedi. Shunda noiloj murdani qopga joylashtirib, og‘zini mahkamlab bog‘ladim.

Xotinim va farzandlarim bilan Chirchiq daryosi bo‘yiga bordik. Qopni suv bo‘yiga olib tushdim, ichiga 2-3 dona tosh solib, og‘zini bog‘lab, suvga tashlab yubordim.

Avtobusda Toshkentdagi metrogacha kelib, xotinimning qistovi bilan chamadonni shu yerdagi axlat qutisiga tashlab, ‘marshrutka’da uyga ketdik. Shu orada uy egasi uyimni bo‘shatib qo‘yinglar, deb talab qildi. Ijaraga uy qidirib, ijara haqi qimmatligini bilib, xotinimga qo‘ng‘iroq qildim. U hovli yoki bir xonali kvartira toping. Qizim yo‘qolib qolgani haqida IIBga ariza yozib, onamga xabar berdim, dedi. IIB xodimlariga esa bo‘lgan holatni aytib berdim”, – deydi qotil ayolning eri.

Sud hukmiga ko‘ra, ayolga 13 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Uning eri esa aybsiz deb topilib, reabilitatsiya qilingan hamda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Hukm o‘qilgan bo‘lsa-da, qotil ona o‘z aybini tan olmagan. 5 yoshli qizaloqning suyaklari ayolning onasiga dafn etish uchun berilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 17:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют