» » Erini o‘ldirib, jasad bo‘laklarini hojatxonaga tashlab yuborgan andijonlik ayol 10 yilga qamaldi

Erini o‘ldirib, jasad bo‘laklarini hojatxonaga tashlab yuborgan andijonlik ayol 10 yilga qamaldi


Andijon viloyatida sha’riy nikohdagi turmush o‘rtog‘ini sintetik ip yordamida bo‘g‘ib o‘ldirgan va murdasini uyining hojatxonasi chuquriga tashlab yuborgan 25 yoshli ayolga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Daryo”ga Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudi sudya katta yordamchisi Komronshoh Rasulov ma’lum qildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi sudyasi Nosirjon Rasulovning ma’lum qilishicha, sudlanuvchi X.X. 2019-yilning fevral oyida fuqaro M.Q. bilan tanishib, u bilan shar’iy nikohdan o‘tgan holda yashab kelgan.

2019-yilning 3-may kuni chamasi soat 21:00 da er-xotin jinsiy aloqada bo‘lish davomida M.Q. turmush o‘rtog‘i X.X.dan g‘ayritabiiy usulda uning xohishiga zid ravishda jinsiy aloqada bo‘lishini talab qilgan. Agarda taklifiga rozi bo‘lmasa uni uyidan haydab yuborishini aytgan. Bunday munosabatdan nafratlangan X.X. eridan qutulish maqsadida, uni qasddan o‘ldirmoqchi bo‘lgan. Eri tashqariga yuvinish uchun chiqqanidan foydalangan X.X. ikki dona oq rangli bo‘z matodan tayyorlangan etak va sintetik ipni xonaga olib kirgan.

M.Q. xonaga qaytib kirganida X.X. uni o‘ldirishni osonlashtirish maqsadida uning taklifiga rozi ekanligini, faqatgina boshqacha usulda aloqada bo‘lishni taklif qilgan. Shundan so‘ng X.X. erining xohishi bilan dastlab uning qo‘l va oyoqlarini oq rangli bo‘z matosidan ishlangan etak va sintetik ip bilan bog‘lagan. Og‘zini esa ro‘mol bilan bog‘lab, uning ustiga o‘tirib, oldindan tayyorlab qo‘yilgan etak matosi bilan bo‘yin sohasini bog‘lab, marhum qimirlab qarshilik ko‘rsatishiga qaramay joni uzilguncha bo‘g‘gan va o‘ldirgan.

Ertasi kuni jasadning hidi kela boshlagach, ayol qo‘shnisidan arra olib kelib, jasadni arralab bo‘lgan va hojatxonaga tashlab yuborgan.

Mazkur ishni ko‘rib chiqqan sud ayolni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan aybli deb topib, unga 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan. Shuningdek, X.X.dan jabrlanuvchining vakili X.Q. foydasiga 7 million so‘m ma’naviy zarar undirilishi lozimligini belgilagan.

Mavzuga doir: Andijonda 25 yoshli ayol norasmiy erini bo‘g‘ib o‘ldirib, jasadni hojatxona chuquriga tashlab yubordi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 20:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют