» » Muloyim qotil, kir qollar kasalligi. Gepatit qanday yuqadi va uning turlari haqida nimalarni bilish kerak?

Muloyim qotil, kir qollar kasalligi. Gepatit qanday yuqadi va uning turlari haqida nimalarni bilish kerak?


Jahon sogliqni saqlash tashkilotining malumotiga kora, Yer yuzida gepatit B va gepatit C bilan zararlangan insonlar soni 325 millionni tashkil qiladi, ushbu kasallik sabab yiliga 1,5 million inson hayotdan koz yumadi. Domashniy ochag jurnali gepatitning eng kop tarqalgan turlari qaysilar va yuqtirib olmaslik uchun qanday malumotlarga ega bolish kerakligiga toxtalib otadi.

Gepatit nima?

Xalq tilida sariq kasal deb nomlangan gepatit virusli kasallik hisoblanadi. Unda jigar hujayralari zararlanishi kuzatilib, jigar faoliyati buzilishi oqibatida organizmda intoksikatsiya zaharlanish yuz beradi.

Gepatitning otkir va surunkali turlari bor. Otkir gepatit bilan kasallangan odam jigar qayta tiklanishiga imkon berish uchun bir yilgacha qatiy parhez tutishi, spirtli ichimliklardan voz kechishi kerak. Surunkali gepatit olimga olib keluvchijigarsirrozi va saratoni kabi asoratlarga sabab bolishi mumkin.

Gepatit bilan qanday kasallanish mumkin?

Asosan, ushbu kasallik virus yuqishi tufayli rivojlanadi. Bundan tashqari, gepatit otkir zaharlanish, xususan, spirtli ichimlik fonida ham rivojlanishi mumkin.

A, B, C va boshqalar nimasi bilan farq qiladi?

Gepatit A eng kop uchraydigan, ammo boshqalariga nisbatan xavfsizroq kasallik turi hisoblanadi. U deyarli doim otkir kechadi va surunkali bolmaydi, olimga va boshqa turlarga nisbatan jiddiy oqibatlarga olib kelmaydi. Ushbu kasallik kir qollar kasalligi deb ham ataladi. Virusni, asosan, kirlangan suv, taom, yaxshi yuvilmagan idish hamda kasallangan odam bilan kontaktda bolish orqali yuqtirish mumkin. Gepatit A bilan kasallanmaslikning eng oson yolivaksina qildirish hisoblanadi.

Gepatit B kasallik turlari orasida eng xavflisi hisoblanadi. Yiliga ushbu kasallikdan 700 ming odam vafot etadi. Hozirgacha ham kasallik qozgatuvchisiga bevosita tasir qiladigan preparat yoq. Davolash muolajalari jigarni yaxshilash vasirrozgaaylanishining oldini olish hisoblanadi. Kasallik qon va odam organizmidan ajraladigan boshqa suyuqliklardan yoki onadan homilaga yuqadi. Agar kasallangan odamning bir tomchi qoni hovuzga tushsa, undagi suv zararlanish xavfi boladi.

Gepatit C Muloyim qotil deb tarif beriladigan ushbu kasallik turi ham kopinchajigarsirrozi yoki saratoniga sabab bolishi mumkin. Kasallik, asosan, qon orqali, yaniehtiyotsizlik sabab stomatolog, manikyur va boshqa amaliyotlarda qontekkanbuyumdan boshqa bir insonga yuqishi mumkin. Shuningdek, tish chotkasi yoki soqol oladigan uskuna ham virus yuqishi uchun sabab boladi.

Gepatit D shifokorlar tomonidan superinfeksiya deb ataladigan gepatit D organizmda gepatit B virusi bolgandagina kopayadi. Aksar hollarda kasallik bilan zararlanish qon quyganda yoki giyohvandlarning shpritslariorqali yuqishi kuzatiladi. Onadan homilaga yuqishi ham mumkin. gepatit Bga chalingan bemorlar gepatit D yuqishiga moyil boladi. Gemofiliya kasalligi bor kishilar giyohvandlarning kasallikka chalinish ehtimoli yuqori. Bir vaqtni ozida gepatitning A va B turlariga chalinish holatlari ham uchrab turadi. Zararlangandan keyin kasallik rivojlangunicha gepatit B singari 1,5-6 oy vaqt otishi mumkin.

Gepatit E gepatit A singari E turi ham deyarli surunkali kechmaydi. Ammo ayol homiladorligining songgi uch oyida ushbu virusni yuqtirib olsa, olim ehtimoli 40 foizni tashkil qiladi.

Gepatit bilan zararlanmaslik uchun nima qilish kerak?

Gepatitning vaksinasi bor turlariga qarshi emlaning. Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiling. Tibbiyot muassasalari va gozallik salonlarida bir martalik asboblardan foydalanish va ularni sterilizatsiyalanganigaetiborli boling. Iloji boricha bir yilda bir marta gepatitga qon tahlili topshiring. Gepatitning bazi turdagi viruslari qonga tushganidan keyin 20 yilgacha ozini namoyon qilmasligini unutmang. Salomatligingizga befarq bolmang.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (4-09-2020, 17:25)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 22) ( 0) ( 19) ( 3)
:
-
:
20 ... -