» » Graffiti ustasi o‘zining Mazda MX-5 avtomobilini komikslar uslubida bo‘yadi (foto)

Graffiti ustasi o‘zining Mazda MX-5 avtomobilini komikslar uslubida bo‘yadi (foto)


Kbmer niki ostida tanilgan Kayl Brays Monteyro ismli grafitichi-rassom o‘z avtomobillarni bir necha bor noodatiy tarzda bo‘yab tanilgan. Uning so‘nggi ishi Mazda MX-5 rodsteri bo‘ldi, deb xabar beradi CARakoom.

U aerozol bo‘yoq va Montana Cans markerlari kombinatsiyasidan foydalangan. Biroq bundan oldin kuzov yorqin yashil rangga bo‘yalgan.

Rassom o‘z oldiga rodsterni komiks qahramoniga aylantirish vazifasini qo‘ygan va u buning uddasidan chiqqan. Yorqin ranglar va kontur chiziqlar o‘z ishini bajargan.

MX-5 birinchi avlod avtomobili 2005-yilga qadar ishlab chiqarilgan. Uning klassik chizgilari yapon mangasi uslubidagi loyihaga juda mos tushgan. Natijada MX-5 e’tiborni o‘ziga tortadigan, hatto bir joyda turganida ham xuddi harakatlanayotgandek ko‘rinish olgan.

Rassomning so‘zlariga ko‘ra, MX-5’ni bo‘yash uchun u ikki soat vaqt sarflagan.

Mavzuga doir: “Ko‘cha san’atining poytaxti” — Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahri suratlarda (fotogalereya)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 17:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют