» » Yaxshi rafiqa emasligingizdan darak beruvchi 6 ta belgi

Yaxshi rafiqa emasligingizdan darak beruvchi 6 ta belgi


Ayol va erkakning barcha xatti-harakatlari nikohni mustahkamlashga qaratilgan. Lekin ular ozi bilmagan holda oila baxtiga xavf tugdirayotgan bolishi mumkin. Hattoki ajrimga olib keladigan bir qancha sabablar kelib chiqishi, shubhasiz. Masalan, haddan ortiq talabchanlik yoki turmush ortogingizga etibor berish orniga telefonda soatlab gap sotish Shu kabi ayrim yoqimsiz odatlar ularni tobora begonalashtirib boradi, songra ortada xafagarchilik va gazab hissi uygonishi turgan gap. Oxir-oqibatda qaytarib bolmaydigan nuqta qoyiladi, munosabatlar ham bir umrga tugatiladi.

Garchi har bir ayol ozini ajoyib beka, yaxshi rafiqa, mehribon ona deb oylamasin, oziga sezilmaydigan kamchiliklari mavjud. Mutaxassislar tomonidan yomon turmush ortoq ekanlikdan xabar beruvchi 6 ta alomat aniqlandi. Ushbu muammolar bilan tanishish ijobiy ozgarishlarga qoyilgan birinchi qadam bolishi mumkin. Agar ozingizga nisbatan vijdonli bolsangiz va kamchiliklarni tan olsangiz, oilada soglom muhit paydo qilishga, albatta, erishasiz.

Juftingizning kichkina xatolariga koz yuma olmaysiz

Turmush ortogingizning doimiy harakatlari va sozlaridagi ahamiyatga ega bolmagan xatolarini tanqid qilish ? yaxshi korishni emas, balki ishonchsizlikni korsatadi. Har kimda ham atrofdagilarni ishiga aralashadigan yomon odati bor. Xosh, siz u bilan yashashga qaror qilishni oziyoq uni barcha kamchiliklari bilan qabul qildingiz, deganidir. Shunday ekan, uni qaytadan tarbiyalashga ne hojat? Ruhshunoslarning fikriga kora, turmush ortogining xatti-harakatlari va fikrini boshqarish, uning mavjud shaxsiyatini yaxshilash istagi ? muhabbatga bevosita zid. U siz kutgandek bolishi yoki ozingiz qabul qilgan standartlarga javob berishi kerakmi? Albatta, buning nomi xudbinlik deb ataladi. Doimo tanqid, uning ortidan gazab qilish orniga, ochiqchasiga samimiy gaplashing, uning ozi xohlasagina yordam qolini chozing.

Xafa bolganingizni togridan-togri aytolmaysiz

Inson ozida norozilik va boshqa salbiy his-tuygularni toplashi yaxshilikka olib kelmaydi. Yaqiningizni har bir kamchiligi uchun tanqid qilish mumkin bolmaganidek, ozingizda ham jiddiy sabablarga kora norozilik kayfiyatini yashirishga hojat yoq. Agar juftingiz ochiqdan ochiq xafa qilgan bolsa va siz bunga nisbatan paydo bolgan tuygularingizni yashirsangiz, bu hol yana takrorlanishi aniq. Agar turmushingizga uzoq yillar bolsa ham, juftingiz sizni besh qoldek yaxshi bilsa ham ruhiyat bilan bogliq topishmoq oynamasdan, osha vaziyatda darhol shikoyat qilish zarur. Mustahkam oilalarda er-xotinlar oz istak-xohishlarini ochiq aytadi. Ozingizni xotirjam his etmayotgan bolsangiz, turmush ortogingiz buni qachon hal qilishini kutib otirmasdan darhol suhbatlashishga imkon yarating.

Doimiy uchrashuvlarda turmush ortogingizga hamroh bolasiz

Avvaliga bu hammaga yoqadi va hech kimni ortiqcha bezovta qilmaydi. Ammo oxir-oqibat eringiz sira ham erkinlik berilmaydigan, boyniga arqon boglangan itga oxshatilishi mumkin. Doimo bosh vaqtni birga otkazaverish istagi bu juftingizga boglanib qolish va ozni past baholash korsatkichidir. Aloqalarning ota yaqin bolishi yaxshi, faqat malum vaqtgacha. Keyinchalik u asabga tasir otkazishi va kelishmovchiliklarga sabab bolishi mumkin.

Siz doimo tortishuvlarda yutishni xohlaysiz

Soglom munosabatlar bor-yogi murosa talab qiladi. Har safar turmush ortogingiz bilan ziddiyatga duch kelganingizda galaba qozonish va qaroringizni bor kuchingiz bilan himoya qilish orqali munosabatlarni jiddiy xavf ostiga qoyasiz. Yodda tuting, doimo tortishuvda bir sozdan qolgan kishi jang maydonini fath etgan bilan barobardir. Siz ham xuddi shunday qilsangiz, balki eringizga muhabbat korsatmassiz, lekin qadringizni va kuchingizni his etgan bolasiz.

Turmush ortogingiz tashvishiga shunchaki korgilik deb qaraysiz

Uning qiyin vaziyatida qollab-quvvatlash choralarini oylab kormay, yelkasini shunchaki dostona qoqib qoyish yordam beradi, deb oylamang. Shuningdek, Hammasi otib ketadi yoki Oylanishni bas qiling degan gaplar ham aslo yoqmaydi. Aslida kopgina erkaklar tasalliga muhtoj, shunday paytda yelkadosh bola olmaslik, sizni beparvo insonga aylantirishi mumkin.

Uning yonida ham telefon bilan band bolasiz

Ayni zamonda telefondan butunlay voz kechishning sira ham imkoni yoq, aynan buning ortidan oilada ham kelishmovchiliklar kelib chiqadi. Birga suhbatlashib otirganda, televizor tomosha qilayotganda yoki restoranda bir-biriga etiborli bolish juda muhimdir. Tushuning, yoningizda suyukli turmush ortogingiz bolganida internet olamidagi har qanday yangilik ahamiyatsiz bolishi kerak. Ikkingiz ham qanchalar yaqin bolmang, boshqa narsa bilan mashgul bolish aslo mumkin emas.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (4-09-2020, 18:55)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 20) ( 0) ( 18) ( 2)
:
-
:
20 ... -